XALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining “2026-yil Zarafshon shahri boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida” 2026-yil 24-fevraldagi VII-23-31-5-78-K/26-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazining 2026-yil 18-martdagi 22-06/1064-sonl xatini hamda shahar soliq inspeksiyasining 2026-yil 27-martdagi 21-05357-son xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazining 2026-yil 18-martdagi 22-06/1064-son xati inobatga olinsin.
2. Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining “2026-yil Zarafshon shahri boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida” 2026-yil 24-fevraldagi VII-23-31-5-78-K/26-son qaroriga quyidagi qoʻshimcha band kiritilsin:
“5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kirishi inobatga olinsin.”
3. Qarorning boshqa qismlari oʻzgarishsiz qoldirilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari A. Shoxmirzayev hamda xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi R.Nurnazarov zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi ERNAFASOV HUSNIDDIN BOLTAYEVICH
Navoiy viloyati, Zarafshon shahri,
2026-yil 17-aprel,
VII-26-57-5-78-K/26-son