XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Qarori
Navoiy viloyatida 2026-yil davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 660-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 23-iyundagi PF-98-sonli Farmoni ijrosi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 23-iyuldagi 01/26-18/652-sonli xati, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obʼektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasining 2026-yil 19-martdagi 318/01-02/19-sonli xati, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 23-dekabrdagi 01-12/20-04-32/1147-sonli xati, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obʼektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasining 2025-yil 25-dekabrdagi 2324/01-02/16-sonli xati, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 18-martdagi 01/26-18/95-sonli kelishuv xati, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosarining 2025-yil 30-dekabrdagi 621/16-26-sonli 2026-yil 19-martdagi bildirgilari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obʼektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi A.Sharipovning viloyatda 2026-yil davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti hamda bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlarining viloyat Kengash qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2025-yil 23-iyundagi PF-98-sonli Farmoni ijro uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obʼektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi A. Sharipovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Navoiy shahri hududida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2026-yilda 1 kv. metr uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari (iqtisodiy sohalar va tarmoqlar boʻyicha) 1-ilovaga muvofiq;
Zarafshon, Gʻozgʻon shaharlari va tumanlarida joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2026-yilda 1 kv. metr uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari (iqtisodiy sohalar va tarmoqlar boʻyicha) 2-ilovaga muvofiq;
Ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsentlar 3-ilovaga muvofiq;
Ijara toʻlovining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsientlarning hisoblash tartibi 4-ilovaga muvofiq;
Viloyat markazi hamda shahar va tumanlar (birinchi-toʻrtinchi darajali) mahallalar roʻyhati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari — matbuot kotibi (Sh. Raubayeva) mazkur qarorni “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя друбжы” gazetalarida eʼlon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi belgilansin.
5. Viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (R. Sulaymonov) hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ALIYEV GʻOFIR QUVATOVICH
Navoiy viloyati,
2026-yil 17-aprel,
VII-28-41-5-0-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.