XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Oltinsoy tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oltinsoy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori X.Qayumovning hisoboti hamda Oltinsoy tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitini tasdiqlash yuzasidan bergan taklifi xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishida koʻrib chiqilib muhokama qilinganligi, sessiyada deputatlar tomonidan bildirilgan fikr, mulohazalar va takliflarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oltinsoy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori X.Qayumovning hisoboti hamda Oltinsoy tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitini tasdiqlash yuzasidan bergan taklifi inobatga olinsin.
2. Oltinsoy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori X.Qayumovning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlari qoniqarli deb topilsin.
3. Oltinsoy tumanidagi "Suv yetkazib berish xizmati "DM tomonidan suv istemolchilariga 2026-yil mavsumiy sug'orish uchun ajratilan suv limiti ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oltinsoy tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (X.Qayumov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilning aprel-oktabr oylari uchun isteʼmolchilar kesimida belgilangan limitdan foydalanishni qattiq nazoratga olish, vazifalarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish topshirilsin;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorak yakuni bilan xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyatiga yozma ravishda axborot kiritib borsin.
5. Tuman hokimligi axborot xizmati – davlat tili boʻyicha maslahatchi (U.Abdurasulov):
Mazkur qaror ijrosi yuzasidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahalliy, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashining 2024-yil 25-oktabrdagi VI-72-125-8-108-K/24-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining Agrar, suv xоʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (Yu.Qurboniyazov), ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari (X.Lapasov) zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi TURDIYEV AKRAM ABDIMURATOVICH
Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani,
2026-yil 13-aprel,
VII-17-42-8-108-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.