XALQ DEPUTATLARI BAXMAL TUMANI KENGASHINING
Qarori
Baxmal tumani boʻyicha 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalariga nisbatan oʼzgarishsiz koeffitsiyentlarni qoʻllash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”qarori hamda Baxmal tuman soliq inspeksiyasining taklifiga asosan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1105-sonli Qonuni 9-ilovasiga asosan 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkasi boshqa shaharlar (boshqa aholi punktlari) alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim 300 000 soʻm, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻim 150 000 soʼm belgilanganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-387-son qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan boshlab Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati beriladi hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman (shahar)lar budjetlariga yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi hamda Baxmal tuman soliq inspeksiyasining hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining joriy yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozidan kelib chiqib, tumanlar va shaharlar boʻyicha 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalariga nisbatan oʼzgarishsiz koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha bergan takliflari inobatga olinsin.
3. Baxmal tuman soliq inspeksiyasi 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalari asosida hisoblanishi va belgilangan tartibda undirilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qaror “Baxmal hayoti” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Ushbu Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Meliboyevga, bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (E.Kattabekov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ZIKIRYAYEV ABDUAZIZ AMONOVICH
Jizzax viloyati, Baxmal tumani,
2026-yil 1-aprel,
VII-18-37-3-44-K/26-son