08.04.2026 yildagi 85-8-108-Q/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SURXONDARYO VILOYATI OLTINSOY TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Oltinsoy tumanidagi davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 27, 47-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39, 41-bandlari, 2022-yil 1-iyundagi “Maktab taʼlimi tizimida davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 295-son qaroriga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2026-yil 15-yanvardagi “Maktab yoshidagi bolalarni majburiy taʼlimga jalb etish maqsadida tumandagi har bir umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini hudud va mikrohududlarga biriktirish toʻgʻrisida”gi 01-35-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarini shaharcha, qishloq va mahallafuqaro yigʻinlari mikrohududlarga biriktirish xarita va tavsif roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari (T.Chorshanbiyev), tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (U.Xudayberdiyev) va tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlarining zimmalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga 7 yoshga toʻladigan yilda toʻliq qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan doimiy monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida, umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (Q.Safarov), Davlat kadastrlari palatasi Oltinsoy tuman filiali rahbari (K.Uluqberdiyev) va mahalla fuqarolar yigʻini raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalalar kesimida maktab mikrohududini koʻcha va uy raqamlari bilan belgilab olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qamrab olishda, ota-onalariga mikrohududlariga jalb qilishda, umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga amaliy yordam berisin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Xalq va hayot” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari T.Chorshanbiyev va tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi U.Xudayberdiyev zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltinsoy tumani hokimi O. MAVLYANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-8-108-Q/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.