12.03.2026 yildagi 1848-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining qoʻshma qarori, 12.03.2026 yildagi 1848-V-son
Кучга кириш санаси
12.03.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining 2025-yildagi faoliyati va 2026-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi taʼkidlaydiki, fuqarolik jamiyati institutlarini tashkiliy-huquqiy, moliyaviy-iqtisodiy va institutsional jihatdan qoʻllab-quvvatlashga, joylarda aniqlangan dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslarni roʻyobga chiqarishga hamda ijtimoiy sheriklikni mustahkamlashga 2025-yilda Parlament komissiyasi tomonidan alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda Parlament komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan jami 1 trln. 276 mlrd. 912 mln. soʻm miqdordagi mablagʻning 1 trln. 231 mlrd. 912 mln. soʻmini 184 ta fuqarolik jamiyati institutiga davlat subsidiyasi shaklida ajratish boʻyicha qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq Jamoat fondi va uning alohida boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan, 227 ta ustuvor yoʻnalishni qamrab olgan davlat granti tanlovlarida fuqarolik jamiyati institutlari 2 021 ta loyiha bilan ishtirok etgan. Tanlovlarning 271 ta gʻolibiga jami 31,4 mlrd. soʻm miqdorda davlat granti ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy buyurtmasi tanloviga fuqarolik jamiyati institutlaridan kelib tushgan 116 ta loyiha koʻrib chiqilib, gʻolib deb topilgan 9 ta loyihaga 22 mlrd. 700 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat fondining alohida boʻlinmalariga mahalliy budjetlardan jami 74 mlrd. 78 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, shundan 6 mlrd. 378 mln. soʻm alohida boʻlinmalarni saqlab turish xarajatlariga, 55 mlrd. 400 mln. soʻm davlat subsidiyasiga, 10 mlrd. 200 mln. soʻm davlat grantiga va 2 mlrd. 100 mln. soʻm davlat ijtimoiy buyurtmasiga taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ijtimoiy ahamiyatga molik qator loyiha va dasturlar samarali amalga oshirilgan. Xususan, davlat subsidiyasi doirasida 2025-yilda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va demokratik oʻzgarishlarning, shu jumladan «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasining hamda davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini xalqaro hamjamiyatga keng yetkazish maqsadida xorijda oʻtkazilgan 230 dan ortiq forum va konferensiyada, respublikamizda tashkil etilgan 300 dan ortiq tadbirda taqdimotlar bilan ishtirok etilgan. Xalqaro hamda mahalliy axborot makonida 6 mingga yaqin maqola va mediakontent hamda 200 dan ziyod videorolik keng tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida qonunchilikdagi yangiliklarni surdo tarjima orqali yoritish yoʻlga qoʻyilib, 120 dan ortiq huquqiy tusdagi xabarlarning videoroliklari surdo tarjima qilingan. Xorijdagi vatandoshlarning milliy oʻzligini saqlab qolishga qaratilgan 150 dan ortiq madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazilib, 620 nafarga yaqin yosh vatandoshlar oʻzbek tiliga oʻqitilgan, ularga 17 ming nusxada oʻzbek tilidagi adabiyotlar tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti doirasida hududlarda 48 ta suv nasosi oʻrnatilgan, 65,8 km uzunlikdagi suv tarmogʻi tortilib, 41 ming nafar fuqaro toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan, shuningdek 28 ta sport maydonchasi barpo etilgan. Umuman olganda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishida, ekologiya, tibbiyot, taʼlim, bandlik va boshqa sohalarda 270 dan ziyod loyiha amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 256 ta jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etilgan va ularga 28,2 ming kishi qamrab olingan. Maʼnaviyat va maʼrifatni targʻib qilish maqsadida 17 ta mahallada kutubxonalar tashkil etilgan hamda ular uchun 3 150 ta kitob xarid qilingan. Natijada 14,6 ming kishining kitob oʻqishi uchun shart-sharoit yaratilgan. Shuningdek 300 dan ortiq maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etilib, ularga 56,2 ming kishi jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida 6 oʻrinli bolalar reanimatsiya boʻlimi tashkil etish, uni 39 turdagi zarur tibbiy jihozlar bilan jihozlash, 20 ta mahallada xavf keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil dekabr oyining birinchi haftasida Toshkent shahrida «Fuqarolik jamiyati haftaligi» muvaffaqiyatli oʻtkazilib, haftalik doirasida 20 ta tadbir tashkil qilingan va ularda 2 ming nafardan ortiq ishtirokchi, shu jumladan 50 nafar xorijiy ekspert qatnashgan. Haftalik yakunida 5 nafar faol «Fuqarolik tashabbusi» milliy mukofoti va 28 kishi «Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun» koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Parlament komissiyasining 23 ta yigʻilishi oʻtkazilib, ularda 151 ta masala muhokama qilingan va tegishli qarorlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Parlament komissiyasi va Jamoat fondi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohalar kesimida tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ular orasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat subsidiyasi, davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida ajratilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirilgan dasturlar va loyihalarning ijrosini tizimli ravishda monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarini, ayniqsa, davlat subsidiyasi oluvchilarni davlat va jamiyat ahamiyatiga molik masalalarga keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish hamda xalqaro loyihalardagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari M. Xodjayeva zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12 mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1848-V
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12 mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-323-V
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martda qabul qilingan 1848-V/KQ-323-V-sonli Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasining 2026-yilga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISH REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor vazifalar va tadbirlarning nomi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida targʻibot tadbirlari tashkil qilish.

yil davomida

Parlament komissiyasi

2.

Hududlardagi davlat granti, davlat ijtimoiy buyurtmasi va davlat subsidiyasi shaklida qoʻllab-quvvatlangan fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda aniqlangan muammolarni hal etishga koʻmaklashish.

yil davomida

Parlament komissiyasi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining 2025-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish va 2026-yilga moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash.

mart

Parlament komissiyasi

4.

Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat ijtimoiy buyurtmasi orqali qoʻllab-quvvatlashning ustuvor yoʻnalishlarini davlat organlarining buyurtmalari asosida aniqlash;

davlat ijtimoiy buyurtmasini berish yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish;

tanlovlarga kelib tushgan loyihalarning belgilangan shartlar va talablarga muvofiqligini baholash hamda gʻoliblarni aniqlash.

yil davomida

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi

5.

Ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarga davlat granti ajratish yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish;

tanlovlarga kelib tushgan loyihalarning belgilangan shartlar va talablarga muvofiqligini baholash hamda gʻoliblarni aniqlash.

yil davomida

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi

6.

Fuqarolik jamiyati institutlari hamda davlat organlarining 2026-yilga moʻljallangan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash turlari hamda hajmlariga doir takliflarini oʻrganish hamda tahlil qilish. Oʻrganishlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2027-moliya yili uchun budjet soʻrovnomasi kiritish.

may-iyun

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi

7.

Davlat subsidiyasi shaklida qoʻllab-quvvatlangan fuqarolik jamiyati institutlarining oʻz faoliyati yuzasidan yarim yillik hamda yillik hisobotlarni eshitish.

iyul, dekabr

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi

8.

2025-yilda moliyalashtirilgan loyiha va dasturlar natijadorligini monitoring qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish.

yil davomida

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi

9.

Parlament komissiyasi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli maqolalar eʼlon qilish, xabarlar va lavhalarni yoritish.

yil davomida

Parlament komissiyasi,

Jamoat fondi