15.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3816
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 15.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3816
Кучга кириш санаси
16.04.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3816]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Namangan, Andijon, Fargʻona, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari hokimliklari hamda Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor B. YULDASHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyati hokimi B. ZARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati hokimi E. TURDIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimi Z. MIRZAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati hokimi J. RAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati hokimi SH. ABDURAXMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. ERMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati hokimi U. MUSTAFOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimi SH. ABDURAZAKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farg`on viloyati hokimi X. BOZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyat hokimi U. QOSIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 26-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati hokimi N. TURSUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimi A. BOBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimi SH. UMURZAKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimi M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktorining 2026-yil 18-martdagi 1-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tomonidan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish hamda kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yili — oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi natijalarini shakllantirishda inobat olinadigan kalendar yili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikator — oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyatining muayyan mezoni boʻyicha sifat va miqdor koʻrsatkichini ifodalovchi hamda raqamli qiymatga ega boʻlgan oʻlchov birligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatkichning solishtirma ogʻirlik koeffitsiyenti — muayyan indikator boʻyicha ballni hisoblab chiqarishda foydalaniladigan koʻrsatkichlarning oʻzaro bir-biriga nisbatan ahamiyatini belgilovchi raqamli koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy reyting — oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalarida belgilangan mezonlar va indikatorlar asosida baholash natijasida ularning reytingda egallagan oʻrnini aniqlash tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus platforma — milliy reytingni yuritish uchun moʻljallangan, maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash va natijalarni avtomatik hisoblash imkonini beruvchi Agentlikning dasturiy taʼminoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bitiruvchilarga ega boʻlgan davlat taʼlim tashkilotlari milliy reyting obyekti hisoblanadi, bundan harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytinglari alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-son “Kasbiy taʼlim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tashkil etilgan ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlari uchun Agentlik tomonidan mazkur Nizomga muvofiq alohida reyting yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom, shaffof va natijaga yoʻnaltirilgan raqobat muhitini shakllantirish va kasbiy taʼlim tashkilotlarining uzluksiz rivojlanishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar va pedagog kadrlarning kasbiy hamda akademik mobilligini kengaytirish, shu jumladan xorijiy stajirovka, malaka oshirish va boshqa taʼlimga oid dasturlardagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlarining respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, malakali, raqobatbardosh va zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega kadrlarni tayyorlash jarayonida ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim xizmatlari sifati va mehnat bozori talablari uygʻunligini taʼminlashda kadrlar tayyorlash sifatini ilgʻor milliy va xalqaro tajribalar asosida oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini aniq, oʻlchash imkoni mavjud boʻlgan va solishtirma indikatorlar (mezonlar) asosida baholash, milliy reyting natijalari boʻyicha xolis, ochiq va ishonchli axborotni keng jamoatchilikka taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimida maʼlumotlarga asoslangan boshqaruvni rivojlantirish, milliy reyting natijalaridan taʼlim siyosatini takomillashtirish, resurslarni samarali taqsimlash va strategik qarorlar qabul qilishda foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy reytingni yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Milliy reyting maʼlumotlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy reyting maʼlumotlari hisobot yili oxirgi ish kuni holati boʻyicha ushbu yilning yakuniy natijalariga asosan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda hisobot yilidagi “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha koʻrsatkichlarning, istisno tariqasida, oʻquv yili yakunlanganidan keyingi oʻn ikki oy yakuni boʻyicha holati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy reyting maʼlumotlari maxsus platformada quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotlari tomonidan maxsus platformaga kiritiladigan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan umummilliy soʻrovnoma natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar maxsus platformaga ularning tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda olinadi, bundan “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha maʼlumotlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilidagi “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha maʼlumotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyulga qadar olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus platformaga axborot tizimlarini integratsiya qilish imkoni boʻlmagan hollarda maʼlumotlar vazirlik va idoralardan soʻrov asosida olinib, Agentlik tomonidan maxsus platformaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus platformada vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlar aks ettirilganda ushbu maʼlumotlarning manbasi hamda ularni taqdim etgan vazirlik yoki idoraning nomi taʼlim tashkilotiga koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taʼlim tashkiloti tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 1-fevraliga qadar quyidagi hujjatlar maxsus platformaga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 3515, 2024-yil 29-may) muvofiq oʻquvchilarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagoglar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining (bundan buyon matnda pedagoglar deb yuritiladi) xorijda oflayn shaklda malaka oshirganligi hamda stajirovka oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (tovarlar, ish va xizmatlar) sotishdan va boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar miqdorini tasdiqlovchi hisob-fakturalar (kasbiy taʼlim tashkilotlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat organi va tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tushgan mablagʻlarning miqdorini tasdiqlovchi hisob-fakturalarni yuklash talab etilmaydi hamda mazkur hisob-fakturalar ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq avtomatik tarzda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taʼlim tashkiloti tomonidan maxsus platformaga kiritilgan maʼlumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun taʼlim tashkilotining rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan muddatda maxsus platformaga kiritilmagan maʼlumotlar milliy reytingni shakllantirishda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Umummilliy soʻrovnoma oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquvchilarning taʼlim sifatidan qoniqish darajasi, pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar, ish beruvchilar oʻrtasida bitiruvchilarning nufuzi hamda moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganlik darajasi yoʻnalishlarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Umummilliy soʻrovnoma hisobot yilidan keyingi yilning 1-martidan 30-mayiga qadar oʻtkaziladi hamda ushbu soʻrovnomada quyidagilar ishtirok etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim shakli va darajalaridan qatʼiy nazar taʼlim tashkilotida tahsil olayotgan oʻquvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkilotida faoliyat olib borayotgan pedagoglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilida oʻqishni yakunlagan taʼlim tashkilotining bitiruvchilarini ishga qabul qilgan ish beruvchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Umummilliy soʻrovnoma boʻyicha taʼlim tashkilotining natijalari ushbu tashkilotda tahsil olayotgan oʻquvchilarning jami sonining hamda asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi pedagoglarning jami sonining kamida tegishli ravishda 20 foizi umummilliy soʻrovnomada ishtirok etgan taqdirda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizdan past ishtirok kuzatilgan taqdirda taʼlim tashkilotiga umummilliy soʻrovnoma asosida aniqlanadigan tegishli indikatorlar boʻyicha ball berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik hisobot yilidan keyingi yilning 1-sentabriga qadar maxsus platformadagi maʼlumotlarni tahlil qiladi hamda ularning haqqoniyligini masofaviy monitoring, solishtirish yoki joyiga chiqqan holda oʻrganish orqali verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Milliy reyting natijalarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Milliy reyting natijalari ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari milliy reytingining indikatorlari va ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi hamda mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan Kasbiy taʼlim tashkilotlari milliy reytingining indikatorlari va ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibiga muvofiq koʻrsatkichning solishtirma ogʻirlik koeffitsiyentini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy reyting indikatorlari boʻyicha ballarni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan koʻrsatkichlarni shakllantirish formulalari asosida barcha indikatorlar kesimida taʼlim tashkilotlarining koʻrsatkichlari shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) har bir indikator boʻyicha eng yuqori natijaga ega boʻlgan taʼlim tashkilotiga ushbu indikator uchun belgilangan eng yuqori ball beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) boshqa taʼlim tashkilotlarining ballari ushbu indikator boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichiga nisbatan proporsional normallashtirish asosida hisoblanadi hamda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ib

=

Bm

*

Kt

Km

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ibindikator boʻyicha baholanayotgan taʼlim tashkilotiga berilgan ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bm — indikator boʻyicha ushbu Nizomning 2 va 3-ilovalarida koʻrsatilgan eng yuqori ball;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Km — indikator boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega taʼlim tashkilotining koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ktindikator boʻyicha baholanayotgan taʼlim tashkilotining koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) har bir indikator boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi taʼlim tashkilotining reytingini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) indikatorlar boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi teng boʻlgan taʼlim tashkilotlarining milliy reytingdagi oʻrinlari oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari uchun “oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan bitiruvchilar ulushi” hamda kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun “bitiruvchilarning bandlik holati” indikatori boʻyicha toʻplangan balldan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur indikatorlar boʻyicha ham ballar teng boʻlgan taqdirda ularga milliy reytingda bir xil oʻrin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik hisobot yilidan keyingi yilning 20-sentabriga qadar milliy reyting natijalarini shakllantiradi hamda mazkur Nizomning 4-bobiga muvofiq shikoyatlarni taqdim etish imkoniyatini berish maqsadida taʼlim tashkilotlariga maxsus platforma orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Milliy reytingning yakuniy natijalari hisobot yilidan keyingi yilning 10-oktabriga qadar Agentlikning rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Milliy reyting natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Taʼlim tashkilotlarining shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Agentlikda kamida uch nafar aʼzodan iborat tarkibda Agentlik direktorining buyrugʻi asosida Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taʼlim tashkiloti milliy reyting natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda maxsus platforma orqali kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida Apellyatsiya komissiyasiga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat Apellyatsiya komissiyasiga maxsus platforma orqali elektron shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shikoyatda aks ettirilgan masalalar bilan bogʻliq boʻlgan indikatorlar taʼlim tashkiloti tomonidan aniq koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Taʼlim tashkiloti shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Bunda, Apellyatsiya komissiyasi taʼlim tashkilotini shikoyat koʻrib chiqilishidan uch kun oldin uni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida maxsus platforma orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni mazkur shikoyat kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida koʻrib chiqadi hamda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼtiroz asossiz deb topilganda milliy reyting natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼtiroz asosli deb topilganda milliy reyting natijalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellyatsiya komissiyasi unda aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasining qarori oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Apellyatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Apellyatsiya komissiyasining shikoyat koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni maxsus platforma orqali taʼlim tashkilotiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kasbiy taʼlim tashkilotlarini milliy reyting natijalari asosida ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Milliy reytingda eng yuqori oʻrinlarni egallagan 50 ta kasbiy taʼlim tashkilotining har biri Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 3 000 baravari miqdorida ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi (bundan buyon matnda Kasbiy taʼlim agentligi deb yuritiladi) bilan birgalikda milliy reyting natijalari shakllantirilganidan soʻng ragʻbatlantiriladigan kasbiy taʼlim tashkilotlaregrining roʻyxatini milliy reytingning yakuniy natijalari bilan birga eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kasbiy taʼlim agentligi ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni kasbiy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga milliy reytingning yakuniy natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab oʻn besh ish kuni muddatda oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlar Kasbiy taʼlim agentligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ragʻbatlantirish toʻlovi sifatida ajratilgan mablagʻlarni quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltirishga ruxsat beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80 foiz — moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan zarur jihozlarni xarid qilish, laboratoriya va ustaxonalar barpo etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foiz — kasbiy taʼlim tashkilotining pedagogik kengashi qaroriga muvofiq rahbar va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish, shu jumladan, ularga ustama toʻlovlarni tayinlash, xodimlarni malaka oshirish va tajriba almashish uchun xorijga yuborish xarajatlari uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Milliy reyting natijalariga binoan ragʻbatlantirilgan kasbiy taʼlim tashkilotlari uchun keyingi ikki yil mobaynida milliy reytingda ishtirok etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy reytingni yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Masʼullar

Amalga oshiriladigan ishlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi maʼlumotlarni olish

1-fevralga qadar

2-bosqich

Taʼlim tashkiloti

Maxsus platformaga tegishli hujjatlarni kiritish

1-fevralga qadar

3-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Oʻquvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrovnoma oʻtkazish

1-martdan 30-mayga qadar

4-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

1. Maxsus platformadagi maʼlumotlarni tahlil qilish va verifikatsiyadan oʻtkazish

1-sentabrga qadar

2. Milliy reyting natijalarini shakllantirish va taʼlim tashkilotlariga yuborish

20-sentabrga qadar

5-bosqich

Taʼlim tashkiloti

Milliy reyting natijalari yuzasidan shikoyat qilish

oʻn kun

6-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Taʼlim tashkilotlarining shikoyatlarini koʻrib chiqish

oʻn kun

7-bosqich

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Milliy reytingning yakuniy natijalarini eʼlon qilish

10-oktabrga qadar

8-bosqich

Kasbiy taʼlim agentligi

Ragʻbatlantirish mablagʻlarini kasbiy taʼlim tashkilotiga oʻtkazib berish

oʻn besh ish kuni

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sxemaning 1-2-bosqichlari 2026-yil uchun, istisno tariqasida, 1-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari milliy reytingining indikatorlari va ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezonlar va indikatorlar

Ball

Koʻrsatkichlarni shakllantirish formulasi

I. Pedagoglar salohiyati

35

“TOP-1 000” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti diplomiga ega boʻlgan va (yoki) xorijdan jalb qilingan pedagoglar ulushi

10

K1.1=

3P1+2P2

P

Bunda:

P1asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan xorijdan jalb qilingan pedagoglarning soni;

P2asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan “TOP-1 000” xorijiy oliy taʼlim tashkilotining diplomiga ega boʻlgan pedagoglarning soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Malaka toifasiga ega pedagoglar ulushi

5

K1.2=

3P1+2P2+P3

P

Bunda:

P1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan bosh oʻqituvchilarning soni;

P2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan yetakchi oʻqituvchilarning soni;

P3 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan katta oʻqituvchilarning soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va (yoki) xalqaro tan olingan sertifikatga ega pedagoglarning ulushi*

5

K1.3=

3P1+2P2

P

Bunda:

P1asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarning soni;

P2asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarning soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Malaka oshirish va (yoki) stajirovka dasturlarida ishtirok etgan pedagoglarning ulushi

5

K1.4=

T1+T2

P

Bunda:

T1asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda respublika hududidagi malaka oshirish (stajirovka) kurslarida toʻliq ishtirok etgan pedagoglarning soni;

T2asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda xorijiy malaka oshirish (stajirovka) dasturlarida oflayn shaklda toʻliq ishtirok etgan pedagoglarning soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Ilmiy daraja (unvon)ga ega boʻlgan va (yoki) xalqaro va respublika tanlovlarida gʻolib boʻlgan pedagoglarning ulushi

10

K1.5=

4P1+2P2+P3

P

Bunda:

P1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan DSc (fan doktori) ilmiy darajasi yoki professor unvoniga ega pedagoglarning soni;

P2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan PhD (fan nomzodi) ilmiy darajasi yoki dotsent unvoniga ega pedagoglarning soni;

P3asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan nufuzli xalqaro va respublika koʻrik-tanlovlarida gʻolib boʻlgan pedagoglarning soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

II. Akademik faoliyat

15

Oʻquvchilar davomati

3

K2.1=

(

D2 * Tk

)

D1

Bunda:

D1 — mavjud yoʻnalishlarning oʻquv rejalaridagi auditoriya yuklamalarining (soatlari) miqdori;

Tk — oʻquvchilarning umumiy soni;

D2 — oʻquvchilar tomonidan sababsiz oʻtkazib yuborilgan auditoriya soatlarining yigʻindisi.

Qabul jarayonida talabgorlik darajasi

10

K2.2=

At

Ap

Bunda:

At — taʼlim tashkilotiga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirgan talabgorlarning soni;

Ap — taʼlim tashkilotining umumiy qabul parametri.

Oʻquvchilarning taʼlim sifatidan qoniqish darajasi

2

Mazkur indikator umummilliy soʻrovnoma natijalariga muvofiq shakllantiriladi.

III. Bitiruvchilar sifati

30

Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan bitiruvchilarning ulushi

15

K3.1=

6B1+4B2+2B3+B4

B

Bunda:

B1 — “TOP-100” xorijiy oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilarning soni;

B2 — “TOP-500” xorijiy oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilarning soni;

B3 — “TOP-1 000” xorijiy oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilarning soni;

B4 — “TOP-1 000” roʻyxatiga kiritilmagan xorijiy yoki respublika oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan bitiruvchilarning soni (bundan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining taʼsischisi (muassisi) hisoblangan oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilar mustasno);

B — bitiruvchilarining umumiy soni.

Bitiruvchilarning bilim darajasi

5

K3.2=

DB

B

Bunda:

DB — taʼlim tashkilotidagi barcha bitiruvchilarning diplomlarida qayd etilgan ballarning yigʻindisi;

B — bitiruvchilarning umumiy soni.

Oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining taʼsischisi (muassisi) hisoblangan oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilarning ulushi

10

K3.3=

B1

B

Bunda:

B1 — oʻrta maxsus taʼlim tashkilotining taʼsischisi (muassisi) hisoblangan oliy taʼlim tashkilotiga qabul qilingan bitiruvchilar soni;

B — bitiruvchilarning umumiy soni.

IV. Xalqaro va respublika darajasida erishilgan yutuqlar

20

Nufuzli tanlovlarda gʻolib hisoblangan oʻquvchilarning ulushi

10

K4.1=

6Oʻ1+3Oʻ2+Oʻ3

Bunda:

1 — nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni;

2 — xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar, shuningdek asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni;

3 — bilim va koʻnikmalarni standart va nostandart masalalar hamda amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish kompetensiya va malakalarni baholashga qaratilgan boshqa xalqaro va respublika darajasidagi tanlovlarning gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni;

Oʻ — oʻquvchilarning umumiy soni.

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va (yoki) xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻquvchilar ulushi**

10

K4.2=

3Oʻ1+2Oʻ2

Bunda:

1xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻquvchilarning soni;

2xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatga ega oʻquvchilarning soni;

Oʻ — oʻquvchilarning umumiy soni.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Mazkur indikatorni hisoblashda Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 3515, 2024-yil 29-may) muvofiq pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy va (yoki) xalqaro tan olingan sertifikatlar inobat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Ushbu indikatorni hisoblashda Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 3515, 2024-yil 29-may) muvofiq oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy taʼlim tashkilotlari milliy reytingining indikatorlari va ular boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezonlar va indikatorlar

Ball

Koʻrsatkichlarni shakllantirish formulasi

I. Pedagoglar salohiyati

30

Ilmiy daraja (unvon)ga ega boʻlgan, xorijdan jalb qilingan va (yoki) “TOP-1 000” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti diplomiga ega boʻlgan pedagoglarning ulushi

3

K1.1=

P1+P2+P3

P

Bunda:

P1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda ilmiy daraja (unvon)ga ega boʻlgan pedagoglarning soni;

P2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda xorijdan jalb qilingan pedagoglarning soni;

P3 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda “TOP-1 000” xorijiy oliy taʼlim tashkiloti diplomiga ega boʻlgan pedagoglarning soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Malaka toifasiga ega pedagoglar ulushi

6

K1.2=

9P1+4P2+2P3

P

Bunda:

P1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan bosh oʻqituvchilarning soni;

P2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan yetakchi oʻqituvchilar hamda kasbiy sertifikatga ega (1 va 2-toifali) ishlab chiqarish taʼlim ustalari soni;

P3 — asosiy shtat va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan katta oʻqituvchilarning soni;

P — asosiy shtat va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Malaka oshirish va (yoki) stajirovka dasturlarida toʻliq ishtirok etgan pedagoglarning ulushi (bundan Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan malaka oshirish yoki tajriba almashish uchun xorijga yuborilgan pedagoglar mustasno)

5

K1.3=

2P1+2P2+P3

P

Bunda:

P1asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va respublika hududidagi malaka oshirish (stajirovka) kurslarida toʻliq ishtirok etgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalaring soni;

P2asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va respublika hududidagi umumtaʼlim, umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha malaka oshirish (stajirovka) kurslarida toʻliq ishtirok etgan pedagoglarning soni;

P3asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va xorijiy malaka oshirish (stajirovka) kurslarida oflayn shaklda toʻliq ishtirok etgan pedagoglarning soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan malaka oshirish yoki tajriba almashish uchun xorijga yuborilgan pedagoglar ulushi

5

K1.4=

2P1+2P2+P3

P

Bunda:

P116В" id="_x0000_i1025" style="width:3pt;height:18pt" />16В" id="_x0000_i1026" style="width:3pt;height:18pt" />  — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va malaka oshirish (tajriba almashish) uchun xorijga yuborilgan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining soni;

P2asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va malaka oshirish yoki tajriba almashish uchun xorijga yuborilgan umumkasbiy va maxsus fanlar pedagoglarining soni;

P3asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan va malaka oshirish yoki tajriba almashish uchun xorijga yuborilgan umumtaʼlim fanlari pedagoglarining soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va (yoki) xalqaro tan olingan sertifikatga ega pedagoglarning ulushi*

3

K1.5=

2P1+P2

P

Bunda:

P1 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarning soni;

P2 — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamda xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarning soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

Pedagoglarning taʼlim tashkiloti tomonidan yaratilgan sharoitlardan qoniqish darajasi

3

Mazkur indikator umummilliy soʻrovnoma natijalariga muvofiq shakllantiriladi.

Oʻquv jarayoniga tashqi oʻrindosh sifatida jalb qilingan soha mutaxassislari, xorijiy mutaxassislar va oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari ulushi

5

K1.7=

P1+P2+P3

P+P1+P2+P3

Bunda:

P1 — tashqi oʻrindosh sifatida ishlab chiqarish taʼlim ustasi, umumkasbiy va maxsus fan oʻqituvchisi lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan soha mutaxassislarining soni;

P2 — tashqi oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarning soni;

P3 — tashqi oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilari soni;

P — asosiy shtatda va ichki oʻrindosh sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan pedagoglarning umumiy soni.

II. Kasbiy-akademik faoliyat

25

Oʻquvchilarning taʼlim sifatidan qoniqish darajasi

3

Mazkur indikatorlar umummilliy soʻrovnoma natijalariga muvofiq shakllantiriladi.

Oʻquvchilarning yaratilgan sharoitlar, shu jumladan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, darsdan tashqari mashgʻulotlar va sport bilan doimiy shugʻullanish imkoniyatlardan qoniqish darajasi

3

Moddiy-texnik bazaning mavjudligi, shu jumladan, zarur jihozlar, laboratoriya va ustaxonalar bilan taʼminlanganlik darajasi

3

Oʻquvchilar davomati

2

K2.3=

(

D2 * Tk

)

D1

Bunda:

D1 — mavjud kasb va mutaxassisliklarning oʻquv rejalaridagi auditoriya yuklamalarining (soatlari) miqdori;

Tk — oʻquvchilarning umumiy soni;

D2 — oʻquvchilar tomonidan sababsiz oʻtkazib yuborilgan auditoriya soatlarining yigʻindisi.

Qabul parametrlarining kasb va mutaxassisliklar kesimida bajarilishi darajasi

4

K2.4=

Q1+Q2+Q3+…+Qn

Ms

Bunda:

Q1+Q2+Q3+…+Qn — kasbiy taʼlim tashkilotidagi har bir kasb va mutaxassisliklar kesimida qabul parametrlari bajarilishining foizdagi koʻrsatkichlari, bunda qabul parametrlari toʻliq yoki oshiqcha bajarilgan taqdirda mazkur koʻrsatkich 100 foiz deb qabul qilinadi;

Ms — kasb va mutaxassisliklar soni.

Xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari soni hamda ularda tahsil olayotgan oʻquvchilarning ulushi

10

K2.5=

2

1

+

P1

Pmax

Bunda:d

1 — xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturida tahsil olayotgan oʻquvchilarning soni;

Oʻ — oʻquvchilarning umumiy soni;

P1 — xalqaro va qoʻshma dasturlar soni;

Pmax — kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida eng koʻp xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlarga ega boʻlgan kasbiy taʼlim tashkilotining xalqaro va qoʻshma taʼlim dasturlari soni.

III. Ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik va bitiruvchilar sifati

35

Ish beruvchi tashkilotlar tomonidan bitiruvchilar faoliyatidan qoniqish darajasi

2

Mazkur indikator umummilliy soʻrovnoma natijalariga muvofiq shakllantiriladi.

Taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda tijoratlashtirish faoliyati samaradorligi

5

K3.2=

2A1+A2

Kh

Bunda:

A1 — ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar, ish va xizmatlar)ni davlat xaridlari asosida sotishdan olingan mablagʻlar miqdori;

A2 — ishlab chiqarilgan mahsulotlar (tovarlar, ish va xizmatlar)ni sotishdan va boshqa taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar miqdori;

Kh — kasbiy taʼlim tashkiloti joylashgan hudud boʻyicha tuzatish koeffitsiyenti:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1,15, viloyatlar — 1, Toshkent shahri — 0,85;

Oʻ — oʻquvchilarning umumiy soni.

Kasbiy taʼlim tashkilotida dual taʼlimning ulushi

8

K3.3=

1

Bunda:

1 — dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan oʻquvchilarning soni;

Oʻ — oʻquvchilarning umumiy soni.

Bitiruvchilarning bandlik holati

20

K3.4=

3B1+2B2+B3

B

Bunda:

B1 — yakka tartibdagi tadbirkor yoki taʼsischi sifatida faoliyat koʻrsatayotgan bitiruvchilarning soni;

B2 — davlat organi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektda mehnat faoliyatini olib borayotgan bitiruvchilar soni;

B3 — taʼlimning keyingi bosqichi bilan qamrab olingan, ikki yoshgacha bola parvarishi bilan band, 1-2 guruh nogironi, oʻzini oʻzi band qilgan bitiruvchilarning soni;

B — bitiruvchilarning umumiy soni.

IV. Oʻquvchilarning xalqaro va respublika darajasida erishgan yutuqlari

10

Nufuzli tanlovlarda gʻolib hisoblangan oʻquvchilar ulushi

5

K4.1=

3

6Oʻ1+4Oʻ2+2Oʻ3+Oʻ4

+

4Oʻ5+2Oʻ6+Oʻ7

Bunda:

1 — “WorldSkills” xalqaro chempionatida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning soni;

2 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi”ning respublika darajasida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning soni;

3 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarning soni;

4 — bilim va koʻnikmalarni standart va nostandart masalalar hamda amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish kompetensiya va malakalarni baholashga qaratilgan boshqa xalqaro darajadagi kasbiy tanlovlarning gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni;

5 — nufuzli xalqaro olimpiadalar gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni;

6 — xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiadalar, shuningdek asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni;

7 — bilim va koʻnikmalarni standart va nostandart masalalar hamda amaliy topshiriqlarda qoʻllay olish kompetensiya va malakalarni baholashga qaratilgan boshqa xalqaro darajadagi tanlovlarning gʻoliblari hisoblangan oʻquvchilarning soni;

Oʻ — oʻquvchilarning umumiy soni.

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va (yoki) xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻquvchilar ulushi**

5

K4.2=

2Oʻ1+Oʻ2

Bunda:

1 — xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻquvchilarning soni;

2 — xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikatga ega oʻquvchilarning soni;

Oʻ — oʻquvchilarning umumiy soni.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur indikatorni hisoblashda Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 3515, 2024-yil 29-may) muvofiq pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy va (yoki) xalqaro tan olingan sertifikatlar inobat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Ushbu indikatorni hisoblashda Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 3515, 2024-yil 29-may) muvofiq oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar inobatga olinadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026 y., 10/26/3816/0362-son)