06.04.2026 yildagi VII-26-24-10-138-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zangiota tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarining yakuniy natijalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan vedeoselektor yigʻilishining 41-son bayoni 20-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2023-yil 15-dekabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tuman(shahar)lar maʼmuriy-hududiy chegaralarini tasdiqlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha” 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan Yoʻl xaritasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan vedeoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni 20-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2023-yil 15-dekabrda 03/4.3-253-son bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kadastr agentligining 2024-yil 4-apreldagi Toshkent viloyati hokimligiga yuborilgan 03/08-3236-sonli xat orqali yuborilgan maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalariga doir hujjatlar inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Zangiota tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasining 2024-yil 27-sentiyabrdagi 47-sonli yigʻilish bayoni maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zangiota tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilgan materiallarga asosan Zangiota tumani bilan chegaradosh boʻlgan Toshkent, Yangiyoʻl tumanlari oʻrtasidagi chegara chizigʻini belgilash boʻyicha chegara chizigʻining tavsifi 1-ilovaga hamda tayyorlangan kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman maʼmuriy-hududiy chegarasi aks ettirilgan xaritadagi chegara chizigʻi hududida joylashgan yerdan foydalanuvchilarning egaligidagi, foydalanishdagi yer uchastkalaridagi topografik elementlarni (kanal, kollektor, zovur, ariq va yoʻl va boshqa tabiiy va sunʼiy obyektlar) saqlab qolinishi boʻyicha Kadastr agentligining tuman boʻlimi boshligʻi Sh. Israilovga nazorat olib borilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Makur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari hamda tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning tasdigʻi Xalq deputatlari viloyat Kengashidan soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi O. AKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Zangiota tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-26-24-10-138-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.