09.04.2026 yildagi VII-31-42-10-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida 2026-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam qiymat koʻrsatkichlarini (stavka) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 98-sonli farmonining 3-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 660-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 33,34-bandlari asosida 2026-yilda viloyatda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam qiymat koʻrsatkichlarini tasdiqlash belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2025-yil 23-iyuldagi 01/26-18-652-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Toshkent viloyat hududiy boshqarmasining 2026-yil 12-yanvardagi 25/01-04-sonli xatlari, Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 20-yanvardagi yigʻilishida koʻrib chiqilib, tayyorlangan qaror loyihasi (regulation.gov.uz) portaliga joylashtirilgan. Jamoatchilik muhokamasi muddati 2026-yilning 11-fevralida yakunlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 18-martdagi “Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi eng kam stavkalari toʻgʻrisida qaror qabul qilish haqida”gi 01/26-18/95-sonli va 02/29/07-sonli qoʻshma xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Toshkent viloyat hududiy boshqarmasining 2026-yil 12-yanvardagi 25/01-04-sonli xati, Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 27-martdagi yigʻilish bayoni va xulosasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026 yil 18 martdagi “Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi eng kam stavkalari toʻgʻrisida qaror qabul qilish haqida”gi 01/26-18/95 va 02/29/07-sonli qoʻshma xati, Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 20-yanvar va 27-martdagi yigʻilish bayoni, xulosasi maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyatida 2026-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam qiymat koʻrsatkichlari (stavka) 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat zonalari hududlaridagi davlat koʻchmas mulkini 2026-yilda ijaraga berishda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam qiymat koʻrsatkichlari (stavka) 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsientlar 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarga biriktirilgan, shuningdek alohida ajratilgan maydonlarda (asfaltlangan yoki betonlashtirilgan hududlarda) radio, uyali va peydjing aloqa antennalari oʻrnatilganda foydalaniladigan maydon uchun ijara haqi toʻlovlari hisoblanishi tartibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga (M. Gʻaniyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan davlat mulki boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan obyektlardan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish holatlari aniqlangan hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirish va sudlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan davlat mulkini har chorakda xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5666-sonli farmoniga asosan, ijaraga berilayotgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolarni “E-auksion” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hududida foydalanilmayotgan boʻsh turgan binolar va inshootlarni aniqlab, samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi (M. Gʻaniyev), viloyat Soliq boshqarmasi (A. Inagamov), tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulki hisobotini toʻgʻri yuritish va budjetga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilari tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat hududida 2026-yilda davlat mulki boʻlgan bino va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi raisi oʻrinbosari R. Pirmatov hamda viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari O. Tursunov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi FAYZIYEVA SAYYORA MAVLYANOVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-31-42-10-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.