03.04.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3804
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari hamda masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3804]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari hamda masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-mart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri E. KARIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 24-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 18-martdagi 12-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari hamda masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, kasbiy taʼlim tashkilotlari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablari (shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport maktablari) hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy taʼlim olish usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari deb yuritiladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi – qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida taʼlim olish boʻyicha murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislar – maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya instruktorlari, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, kasbiy taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, sport maktablarining (shu jumladan, ixtisoslashtirilgan sport maktablarining) rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari, maxsus fan oʻqituvchilari, trenerlari, psixologlari, sport psixologlari, tarbiyachilari, maxsus xizmat xodimlari hamda sport tashkilotlarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy qayta tayyorlash va malaka oshirish – onlayn (masofadan turib oʻqitish metodlari qoʻllaniladigan va oʻz bilimlarini mustaqil oshirishi uchun videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va offlayn (masofaviy taʼlim platformasidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish hamda oʻz bilimlarini mustaqil oshirish) shaklida masofadan oʻqitish orqali amalga oshiriladigan taʼlim turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi – qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda tahsil olayotgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga muvofiq vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislari Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) va uning filiallarida Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlarining xodimlari va jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy ravishda ular bilan tuzilgan toʻlov shartnoma asosida ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish (kunduzgi) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, joriy yilda Vazirlik tomonidan tasdiqlangan rejaga kiritilmagan vazirliklar va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarining xodimlari va jismoniy shaxslar ixtiyoriy ravishda ular bilan tuzilgan toʻlov shartnoma asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy taʼlim olish usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari mumkin, bundan mazkur Nizomning 18-bandi oltinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega boʻlishi munosabati bilan Institut tashabbusiga koʻra toʻlov shartnoma asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan (masofaviy) holda taʼlim olish shakllarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlari Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlarda quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qayta tayyorlash yoʻnalishlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus oʻquv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) malaka oshirish yoʻnalishlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa muddatli malaka oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Masofaviy taʼlim shaklida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Buyurtmachi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida taʼlim olish istagini bildirgan talabgorlarning roʻyxatini (jismoniy shaxslar arizani) va ularning diplom boʻyicha mutaxassisligi, sport razryadi (mavjud boʻlsa), ish joyi, lavozimi, dars beradigan fani, sport turi hamda soʻnggi toʻrt yilgacha boʻlgan davrdagi kasbiy faoliyati natijalari (portfolio) (mavjud boʻlsa) va qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursini (onlayn yoki offlayn) koʻrsatgan holda Vazirlikka, Institut va uning filiallariga elektron shaklda (telefon raqami, elektron pochta yoki yashash manzilini koʻrsatgan holda) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, buyurtmachi tegishli sport razryadiga ega boʻlmagan jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarga sport federatsiyalari (uyushmalari)ning tavsiyanomalari asosida Vazirlikning, istisno tariqasida, sport razryadisiz qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish mumkinligi haqidagi xatini ham taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmachilar kalendar yil davomida Institut yoki uning filiallariga uzluksiz murojaat qilishi mumkin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Institut yoki uning filiallari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitish boʻyicha murojaat (ariza)larni shu kunning oʻzida qabul qilib, buyurtmachilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachining murojaati (arizasi) Institut yoki uning filiallari tomonidan mazkur Nizomning 5-bandi talablariga muvofiqligi aniqlangan kundan boshlab uch ish kunida buyurtmachiga qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida ishtirok etish uchun toʻlov shartnoma tuzishi mumkinligi haqida telefon raqami, elektron pochta yoki yashash manzili boʻyicha xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, buyurtmachining murojaati (arizasi) mazkur Nizomning 5-bandi talablariga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, Institut yoki uning filiallari tomonidan murojaat (ariza) rad etilganligi yuzasidan asoslantirilgan holda telefon raqami, elektron pochta yoki yashash manziliga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻlov shartnomasida koʻrsatilgan oʻqitish qiymati buyurtmachi tomonidan shartnomada belgilangan muddatda toʻlangandan soʻng, tinglovchilar Institut yoki uning filiallari rahbarlarining buyrugʻi bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tinglovchilar qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlanishidan oldin mazkur Nizom, oʻquv intizomi, Institut yoki uning filiallarining ichki tartib-qoidalari va oʻquv jarayonini tashkillashtirish qoidalari bilan masofaviy taʼlim platformasi orqali tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Institut yoki uning filiallari buyurtmachi tomonidan yuborilgan murojaat (ariza)larga asosan oʻquv guruhlarini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayonlari, qoida tariqasida, 15 — 25 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, shu jumladan xorijiy tillarda dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti guruh tarkibida yigʻilmaydigan kam sonli alohida sport turlarida oʻquv jarayonini tashkil etishda tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari uchun guruh talab etilgan tarkibda shakllanmagan taqdirda, tinglovchilar kontingentini oʻqitish turdosh sport turlari va mutaxassisliklar boʻyicha guruhlar tarkibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari masofaviy (offlayn) shaklda tashkil etilganda oʻquv jarayonlari boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchilarga Institut yoki uning filiallari tomonidan masofaviy taʼlim platformasi logini va paroli beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tinglovchilar tomonidan shaxsiy login va parolni boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchi oʻziga berilgan login va parol yordamida Institut yoki uning filiallari rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar boʻlimiga kiradi va tizimda oʻzining shaxsiy kabinetiga ega boʻladi hamda tinglovchiga tizimdagi elektron shakldagi resurslardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari masofaviy (onlayn) shaklda tashkil etilganda oʻquv jarayonlari masofadan turib real vaqt rejimida onlayn darslar oʻtkazishga moʻljallangan videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda masofadan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oʻquv jarayonlari davomida tinglovchi joylashgan joyda ulardan boshqa shaxslarning boʻlmasligi, ular joylashgan joy, shovqindan holi, yorugʻ boʻlishi va videotasvir tiniq koʻrinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitish Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlari maʼruza, seminar va amaliy mashgʻulotlar shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka oshirish kurslarining umumiy davomiyligi kamida 4 hafta (144 soat) etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlash kurslarining umumiy davomiyligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogik qayta tayyorlash kamida 4 oy (576 soat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy qayta tayyorlash kamida 4 oy (576 soat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus oʻquv kurslari 3 oy (432 soat), 6 oy (864 soat), 10 oy (1440 soat) etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, malaka oshirish kurslarining 36 soati, qayta tayyorlash kurslarining 144 soati bevosita ishlab chiqarishdan ajralgan holda amaliy mashgʻulotlar shaklida Institut yoki uning filiallari bazalarida hamda sport majmualarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, ular oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tinglovchilar quyidagi sabablarga koʻra qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv intizomini va taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kursida 18 akademik soatdan ortiq, qayta tayyorlash kursida 36 akademik soatdan ortiq oʻquv mashgʻulotlarini sababsiz qoldirgani uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy (oflayn) qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari modullarini mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq toʻliq oʻzlashtirmagani uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov shartnoma asosida oʻqiyotgan tinglovchilar shartnoma bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmagani uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganligi sababli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tinglovchilar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursidan chetlatilganda sabablari koʻrsatilgan holda buyurtmachiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligining hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari (kasalligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, yaqin qarindoshlarining vafoti, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlishi sababli) boʻlgan taqdirda ularga oʻqishning tegishli yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha navbatdagi kurslarda oʻqishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmagan (qatnashmagan)ligining hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari boʻlmagan taqdirda ular kurslardan oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan oʻtkazish va baholash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tinglovchilar Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2026 y., № 10/26/3804/0316)