XALQ DEPUTATLARI ZAFAROBOD TUMANI KENGASHINING
qarori
2026-yilda Zafarobod tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni hamda 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlartoʻgʻrisida”gi 387-sonli qarorining 2-xatboshi “v” bandiga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. 2026-yil uchun Zafarobod tumani hududida alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari oʻzgarishsiz qoldirilsin.
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sh. Sanakulov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi A. Sobirov bilan birgalikda mazkur qarorning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi L. Hosilbekov zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi J. ABDULLAYEV
Jizzax viloyati, Zafarobod tumani,
2026-yil 30-mart,
VII-20-37-3-50-K/26-son