XALQ DEPUTATLARI YANGIARIQ TUMANI KENGASHINING
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorning 8.a-bandida 2026-yil 1-yanvardan boshlab, obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuman (shahar)lar markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatishga ruxsat berilgan. Bunda, chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatini koʻrsatganlik boʻyicha tariflar tuman (shahar)lar hokimliklari tomonidan xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritilishi belgilangan.
Kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Yangiariq tumanida maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun toʻlov tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarorida berilgan topshiriqlarni oʻz muddatlarida bajarish;
tumanning markaziy koʻchalari boʻyidagi tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish;
tasdiqlangan tariflarning belgilangan tartibda qoʻllanilishini taʼminlash;
xizmatlardan foydalanuvchi subyektlarga tariflar toʻgʻrisida axborot berilishini taʼminlasin.
4. Yangiariq tumani Obodonlashtirish boshqarmasining maishiy chiqindilar, agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatidan tadbirkorlik subyektlarining foydalanishi ixtiyoriy qilib belgilansin.
5. Ushbu qaror tuman hokimligining “Yangiariq ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Tuman hokimining axborot xizmati, maʼnaviyat va davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh. Azimov:
mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi X. Ollaberganov zimmasiga yuklansin.
8. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi B. ABDULLAYEV
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani,
2026-yil 31-mart,
VII-25-41-12-179-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.