31.03.2026 yildagi VII-27-89-3-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JIZZAX VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forish tumani yer maydonlaridan bir qismini Arnasoy tumani tarkibiga oʻtkazish, Forish va Arnasoy tumanlari maʼmuriy-hududiy chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi “2026-2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-35-sonli qarori 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi yashashi va tadbirkorligi uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 19-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 aprelda 299-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida nizom”ga asosan Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo boʻlinmasining Forish tumani yer maydonlaridan bir qismini Arnasoy tumani tarkibiga oʻtkazish va maʼmuriy-hududiy chegarasini oʻzgartirish yuzasidan loyiha taklifi, Forish va Arnasoy tumanlari hokimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan loyiha hujjatlarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 10 va 25-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga asosan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 30 yanvardagi “2026-2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-35-sonli qarori hamda mazkur qarorning 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 19-bandiga asosan amalga oshirilgan Jizzax viloyati Forish tumani hududidan jami 22200,98 gektar yer maydoni Arnasoy tumani tarkibiga oʻtkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin va maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Forish va Arnasoy tumanlari chegaralarini oʻzgartirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarini amalga oshiruvchi viloyat Ishchi guruhining 2026-yil 23-fevraldagi xulosasi inobatga olinsin va maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jizzax viloyati Forish tumani Egizbuloq MFY hududidan qisman Arnasoy tumani tarkibiga oʻtkazilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Forish tumani hududidan Arnasoy tumani tarkibiga oʻtkazilayotgan jami 22200,98 gektar yer maydoni chegara chizigʻining tavsifi 1-ilovaga hamda kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Forish tumanning chegaradosh tumanlari bilan maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 3-ilovaga hamda maʼmuriy-hududiy chegarasining kartografik chizmasi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Arnasoy tumanining chegaradosh tumanlari bilan maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 5-ilovaga hamda maʼmuriy-hududiy chegarasining kartografik chizmasi 6-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimining oʻrinbosarlari (Z. Azimov, Sh. Djoʻrayev va Z. Ruziyev) Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasi talablaridan kelib chiqib, Forish tumani yer maydonlaridan bir qismini Arnasoy tumani tarkibiga oʻtkazish, Forish va Arnasoy tumanlari maʼmuriy-hududiy chegaralarini oʻzgartirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻrnatilgan tartibda iltimosnoma kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jizzax viloyatining Forish tumani tarkibidan oʻtkazilayotgan yerlar ularning amaldagi yer fondi toifalari oʻzgartilmagan holda oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilishga yoki bekor qilinishiga qadar saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qarori bilan tasdiqlangandan soʻng Jizzax viloyatining Forish tumani, shuningdek Arnasoy tumanlari maʼmuriy-hududiy chegaralariga oʻzgartirish kiritilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Viloyat hokimligi Axborot xizmati (A. Binoqulov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokanali Davlat muassasasi (E. Shermonov), “Jizzax haqiqati” — “Джизакская правда” gazetasi (B. Nazarov)lar qarorni rasmiy nashrlarda va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli taʼminlash vazifasi viloyat hokimining oʻrinbosarlari Z. Azimov, Sh. Djurayev va Z. Ruziyevlarga topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish Xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A. Rahmonqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashi raisi P. SHUKUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati, Boshka,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-27-89-3-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.