Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Koʻchmas mulk, bino va jihozlar”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 13-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3144-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2025-yil 22-sentabrdagi 602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 30-yanvardagi 11-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3144, 2019-yil 20-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 10/19/3144/2808-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Koʻchmas mulk, bino va jihozlar”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 2-mart,
334-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 2-martdagi 334-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli HS) Koʻchmas mulk, bino va jihozlar”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 36-banddagi “kanalizatsiya” degan soʻz “oqova suvlarni chiqarib yuborish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 68-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “qabul qilish dalolatnomasi” degan soʻzlar “foydalanish uchun ruxsatnoma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026 y., 10/26/3144-2/0239-son)