23.02.2026 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 23.02.2026 yildagi 2-son
Кучга кириш санаси
08.09.2027
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0108-26-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 7-martda hisobga olindi, hisob raqami 389]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-111-son “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0108-26-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sakkiz oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. YUSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 14-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishlоq хoʻjаligi vаziri I. ABDURAXMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2026-yil 23-fevraldagi 2-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0108-26-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) oziq-ovqat biznesi operatorlari tomonidan xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-taomillarni ishlab chiqish, joriy etish, amalga oshirish hamda qoʻllashga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sanitariya qoidalari barcha oziq-ovqat biznesi operatorlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (bundan buyon matnda XTKNN deb yuritiladi) — oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga salbiy taʼsir etuvchi xatarlarni aniqlash, baholash va boshqarish yoʻli bilan nazorat nuqtalarida doimiy nazoratni amalga oshirish orqali oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahamiyatli xatar — xatarlar tahlili natijasida aniqlangan hamda nazorat choralari qoʻllanilmagan taqdirda maqbul darajadan oshishi mumkin boʻlgan va majburiy nazoratni talab etadigan xatar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
validatsiya — nazorat chorasi yoki nazorat choralari majmuasi toʻgʻri qoʻllanilganda ular xatarlarni samarali nazorat qilishini va kutilgan natijaga erishishni tasdiqlovchi maʼlumotlarni olish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya — nazorat chorasi yoki nazorat choralari majmuasi ushbu qoidalar talablariga muvofiq joriy etilgani va amalda samarali qoʻllanilayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan nazorat va tekshiruv tadbirlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sharoit dasturlari (bundan buyon matnda DShD deb yuritiladi) — XTKNN tamoyillariga asoslangan tartib-taomillarni ishlab chiqish va joriy etish uchun zarur boʻlgan ish muhiti hamda ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) faoliyatining asosiy sharoitlarini taʼminlovchi profilaktik amaliyotlar va shart-sharoitlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik nazorat nuqtasi (bundan buyon matnda KNN deb yuritiladi) — nazorat chorasi qoʻllanilishi mumkin boʻlgan hamda oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligiga tahdid soluvchi xatarning oldini olish, bartaraf etish yoki maqbul darajagacha kamaytirish (tushirish) uchun zarur boʻlgan texnologik jarayonning bosqichi (nuqtasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegara — kritik nazorat nuqtasidagi nazorat choralarining bir qismi boʻlib, kuzatish yoki oʻlchash mumkin boʻlgan parametrning (masalan, harorat, vaqt, pH, namlik) va oziq-ovqat mahsuloti xatarining maqbul darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqbul daraja — oziq-ovqat mahsulotidagi xavfning darajasi boʻlib, xavf ushbu darajada yoki undan past boʻlganda, oziq-ovqat mahsuloti isteʼmol qilinganda xavfsiz deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring — kritik nazorat nuqtasida belgilangan kritik chegaralarga rioya etilayotganligini hamda ushbu nuqta nazorat ostida ekanligini aniqlash maqsadida rejalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan kuzatuvlar yoki oʻlchovlar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat chorasi — oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan xatarlarning oldini olish, ularni bartaraf etish yoki maqbul darajagacha kamaytirish maqsadida qoʻllaniladigan tashkiliy, texnologik yoki sanitariya-gigiyena harakatlar hamda faoliyatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN guruhi — oziq-ovqat biznesi operatorining muayyan obyektida XTKNN tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qoʻllash hamda uning samaradorligini nazorat qilish uchun masʼul boʻlgan mutaxassislar (xodimlar) guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN rejasi — oziq-ovqat biznesi operatorining muayyan obyektida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga taʼsir etuvchi ahamiyatli xatarlarni nazorat qilishni taʼminlash maqsadida XTKNN tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilgan, elektron yoki qogʻoz shaklida rasmiylashtirilgan hujjat yoki hujjatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN tizimi — oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida XTKNN tamoyillariga muvofiq ishlab chiqilgan XTKNN rejasini joriy etish va uni amalda qoʻllash natijasida shakllanadigan tashkiliy, texnologik hamda nazorat tadbirlari majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN tizimi asosidagi tartib-qoidalar — XTKNN tamoyillariga muvofiq oziq-ovqat biznesi operatorining muayyan obyektida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi uchun ahamiyatli boʻlgan xatarlarni aniqlash, baholash hamda ularni nazorat qilishni taʼminlaydigan ichki nazorat tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatar — oziq-ovqat mahsulotida (bundan buyon matnda mahsulot deb yuritiladi) yoki ozuqada mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan hamda insonning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatish ehtimoli mavjud boʻlgan biologik, kimyoviy, fizikaviy va boshqa omillar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. XTKNN tizimini ishlab chiqishga qoʻyiladigan sanitariya gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. XTKNN tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalar quyidagi elementlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DShD;

XTKNNni joriy etishning dastlabki bosqichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN tamoyillari asosida ishlab chiqilgan XTKNN rejasi va uni amalga oshirish tartib-taomillari (xatarlar tahlili, KNN, kritik chegaralar, monitoring, tuzatish harakatlari, validatsiya, verifikatsiya hamda hujjatlashtirish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. DShDga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oziq-ovqat biznesi operatorlari XTKNN tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish va joriy etishni boshlashdan oldin DShDni amalda bajarilishini taʼminlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DShD quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilma, obyektni loyihalash va jihozlarning texnik holatini nazorat qilish (obyektning joylashuvi, binolar va xonalar holati, muhandislik kommunikatsiyalari va uskunalar holati, ishlab chiqarish jarayonlarining texnologik ketma-ketligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari, uskunalar va jihozlarni tozalash va dezinfeksiya qilish tartiblari hamda jadvallari, shuningdek ularning samaradorligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararkunandalarga qarshi kurashish va ularning oldini olish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish, shuningdek oʻlchov va nazorat vositalarini tekshirish va kalibrlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrobiologik, fizik va kimyoviy ifloslanishlarning oldini olish hamda nazorat qilish tartiblarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
allergenlarni boshqarish choralarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni yigʻish, saqlash va utilizatsiya qilish tartiblarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv va havo sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning shaxsiy gigiyenasi va salomatlik holatining nazorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xomashyo nazorati (yetkazib beruvchilarni tanlash, xomashyo uchun ichki texnologik jarayon talablarini belgilash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish binolari va omborxonalarda haroratni, namlikni nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadoqlash materiallarini tekshirish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DShDni amalga oshirish uchun rejalar va ishchi yoʻriqnomalar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. DShDni amalga oshirish boʻyicha rejalar oziq-ovqat biznesi operatori tomonidan tasdiqlanishi hamda ular quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyena tadbirlarini amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlarning bajarilish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DShDni amalga oshirish boʻyicha rejalarning bajarilishini nazorat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. DShDni amalga oshirish rejalari obyektning hajmi, ishlab chiqarish quvvati hamda faoliyat xususiyatiga mutanosib boʻlishi lozim. Bunda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geografik cheklovlar (masalan, uzoq hududlar yoki togʻli mintaqalarda joylashgan obyektlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy ishlab chiqarish usullaridan foydalanish (avvaldan mavjud boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oziq-ovqat biznesi operatori tomonidan DShD yozma yoki elektron ravishda rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. XTKNNni joriy etishning dastlabki bosqichlariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. XTKNN tizimini joriy etishdan oldin oziq-ovqat biznesi operatorlari XTKNN tizimi tatbiq etiladigan har bir obyektda quyidagi talablarga muvofiq dastlabki bosqichlarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN guruhini tashkil etish hamda uning qoʻllanilish doirasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy mahsulotni tavsiflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotdan moʻljallangan foydalanishni va isteʼmolchilar guruhini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonining chizmasini (sxemasini) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish jarayonining chizmasini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. XTKNN guruhi XTKNN tizimi joriy etilayotgan har bir obyektda tashkil etilishi, bunda mazkur guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN rejasining qoʻllanilish doirasini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish va joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. XTKNN guruhi xodimlarining soni, tarkibi hamda vazifalarining taqsimlanishi oziq-ovqat biznesi operatorlari tomonidan belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oziq-ovqat biznesi operatori XTKNN guruhiga kiruvchi xodimlarning XTKNN boʻyicha oʻqitilishi va tayyorlanishini tashkil etishi, bunda oʻqitish va tayyorlash quyidagi yoʻllar bilan taʼminlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv tadbirlarida ishtirok etishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir KNN boʻyicha masʼul ijrochilarning vazifalari, monitoring tartibi, kritik chegaralarga rioya etish, tuzatish harakatlari hamda qaydlarni yuritish tartibini belgilovchi ishchi yoʻriqnomalar va jarayonlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻqitish dasturlari xodimlarning mavjud bilim darajasi, kasbiy tayyorgarligi hamda amaliy koʻnikmalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilishi va ularning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻqitish dasturlari har olti oyda hamda texnologik jarayonlar, mahsulot turi, xatarlar, KNNlar, uskunalar, normativ talablar yoki audit natijalaridagi oʻzgarishlar yuz berganda qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har bir tayyor mahsulotning nomi yoki tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi oʻxshash boʻlgan mahsulotlar guruhi uchun toʻliq yozma tavsif ishlab chiqilishi lozim. Ushbu tavsif quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning toʻliq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tarkibi (xomashyo, barcha ingrediyentlar, shu jumladan murakkab tarkibiy qismlar, oziq-ovqat qoʻshimchalari, xushboʻylatgichlar va yordamchi vositalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fizik-kimyoviy xususiyatlari (namlik ulushi, pH, suv faolligi, allergenlarning mavjudligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrobiologik va kimyoviy koʻrsatkichlar (mikrobiologik ifloslanish normalari, ifloslantiruvchi moddalar, pestitsidlar, veterinariya preparatlari qoldiqlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllaniladigan asosiy texnologik ishlov berish usullari (pasterizatsiya, sterilizatsiya, pishirish, muzlatish, quritish, tuzlash, dudlash, fermentatsiya va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadoqlash texnologiyasi va turi hamda mahsulot tamgʻasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash shartlari, shu jumladan tashish va sotish sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning yaroqlilik muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotdan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot davolash muassasalari, bolalar muassasalari yoki maxsus tibbiy parhez ehtiyojlari boʻlgan isteʼmolchilar, homilador ayollarga moʻljallangan hollarda, bunday mahsulotlarga qoʻyiladigan alohida sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablari oziq-ovqat biznesi operatori tomonidan yozma ravishda belgilanishi va rasmiylashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oziq-ovqat biznesi operatori har bir mahsulot yoki oʻxshash mahsulotlar guruhi uchun xom ashyoni qabul qilishdan boshlab tayyor mahsulotni muomalaga chiqarishgacha boʻlgan barcha ishlab chiqarish bosqichlarini aks ettiruvchi ishlab chiqarish jarayoni sxemasini ishlab chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish jarayoni sxemasi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha kiruvchi materiallar (xomashyo, ingrediyentlar, qadoqlash materiallari, suv, muz, havo va boshqa yordamchi vositalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha texnologik jarayonlar (qabul qilish, tayyorlash, aralashtirish, ishlov berish, saqlash, qadoqlash va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayonlar orasidagi kutish vaqti va mahsulot harakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik oqimlarning birlashishi yoki boʻlinishi bosqichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash, yaroqsiz mahsulotlarni saralash hamda chiqindilarni yoʻq qilish bosqichlari (qoʻllanilganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishlab chiqarish jarayoni sxemasi ishlab chiqilgandan soʻng, XTKNN guruhi uni ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirilayotgan joyda (joyida) oʻrganishi, sxemaning toʻliqligi va aniqligini tasdiqlashi hamda zarur hollarda tegishli tuzatishlarni kiritishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oziq-ovqat biznesi operatorining har bir obyektida xatarlarni samarali nazorat qilishni taʼminlash maqsadida har bir mahsulot yoki oʻxshash mahsulotlar guruhi uchun XTKNN rejasi ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. XTKNN rejasi quyidagi XTKNN tamoyillariga asoslangan tartib-qoidalarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatarlar tahlilini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KNNni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegaralarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatuvchi choralarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya jarayonlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlashtirish va qayd etish tizimini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. XTKNN rejasi mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasida keltirilgan XTKNN rejasining namunasiga yoki unga oʻxshash shaklga muvofiq yozma ravishda rasmiylashtirilishi, sana qoʻyilishi hamda oziq-ovqat biznesi operatori obyektining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. XTKNN tamoyillari asosida ishlab chiqilgan XTKNN rejasi va uni amalga oshirish tartib-taomillariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oziq-ovqat biznesi operatorining (kichik korxonalar) faoliyati xususiyatlarini inobatga olgan holda, mahsulotlarning xavfsizligini taʼminlash sharti bilan XTKNN tamoyillariga asoslangan soddalashtirilgan doimiy tartib-qoidalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. XTKNN tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalar oziq-ovqat biznesi operatorining har bir alohida obyektiga tatbiq etilishi hamda har bir obyektning oʻziga xos sharoitlarini toʻliq hisobga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xatarlar tahlili ishlab chiqarish jarayoni chizmasida koʻrsatilgan har bir bosqich boʻyicha oʻtkazilishi, bunda yakuniy mahsulot tavsifida jamlangan maʼlumotlar hamda mavjud ilmiy tadqiqotlar natijalari hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xatarlar tahlili ish varagʻi namunasi mazkur sanitariya qoidalarining 2-ilovasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir bosqichda aniqlangan potensial xatarlar yuzaga kelish ehtimoli hamda inson salomatligiga taʼsirining jiddiyligi boʻyicha oʻrganilishi va oʻrganish natijasiga koʻra ahamiyatli xatarlar aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Har bir ahamiyatli xatar uchun uning oldini olish, bartaraf etish yoki maqbul darajagacha kamaytirish imkonini beradigan nazorat choralari belgilanishi lozim. Nazorat choralari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish muhitidan kelib chiqadigan ifloslanish manbalarini boshqarish choralari DShD doirasida amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahamiyatli xatarni nazorat qilish choralari, ushbu omillar aniqlangan jarayon bosqichida yoki keyingi bosqichda qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat choralari samaradorligi oʻrganilishi hamda oʻrganish natijalari rasmiylashtirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xatarlarni tahlil qilish doirasida ahamiyatli xatarlar (xavfli omillar) sifatli yoki miqdoriy (balli) baholash usullari yordamida aniqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xatarlar tahlili yagona shakl (format) boʻyicha rasmiylashtirilishi hamda doimiy tarzda yuritib borilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. KNN xatarlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda bir xil turdagi xatarni nazorat qilish uchun jarayonning turli bosqichlarida bir nechta KNN belgilashga yoki KNN orqali bir nechta xatarni nazorat qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar biror bosqichda aniqlangan ahamiyatli xatar(lar) uchun nazorat choralari mavjud boʻlmasa, xatarni bartaraf etish yoki maqbul darajagacha kamaytirish maqsadida mahsulot tarkibiga va (yoki) texnologik jarayonga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Aniqlangan KNN mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq shaklda XTKNN rejasida umumlashtirilishi hamda ishlab chiqarish jarayoni chizmasidagi tegishli bosqichlarda koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Har bir KNN boʻyicha nazorat choralarining bajarilishini taʼminlash uchun kuzatish yoki oʻlchash mumkin boʻlgan, aniq qiymatlarga ega parametrlarni oʻz ichiga olgan kritik chegaralar belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kritik chegaralarni belgilashda va aniqlashda quyidagilar taʼminlanishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegaralarning buzilmasligini taʼminlash uchun ish chegaralari oʻrnatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegara bir yoki bir nechta oʻzaro bogʻliq parametrlar bilan ifodalanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegaralarni tekshirish (asoslash) jarayoni rasmiylashtirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrnatilgan kritik chegaralar mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq XTKNN rejasida umumlashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Barcha KNNdagi har bir kritik chegara uchun monitoring tartib-qoidalari belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kritik chegaralarni nazorat qilish har bir kritik nuqtada belgilangan chegaralar uchun kuzatuvlar yoki oʻlchovlarni amalga oshirishni oʻz ichiga olishi, bunda uzluksiz yoki davriy ravishda rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Monitoring tartib-qoidalari kritik chegaralarga rioya etilishini taʼminlashi va KNNda kritik chegaralardan ogʻish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash imkonini berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Uzluksiz monitoring amalga oshirilganda kritik chegaradan ogʻish sodir boʻlgan aniq vaqt qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy monitoring amalga oshirilganda esa kritik chegaradan ogʻish holati oxirgi muvaffaqiyatli monitoring vaqtidan keyin yuzaga kelgan deb hisoblanadi hamda aniqlangan vaqti qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Monitoring quyidagi talablarga muvofiq tashkil etilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv/oʻlchovlar uzluksiz yoki davriylikda oʻtkazilishi, agar kuzatuvlar yoki oʻlchovlar uzluksiz boʻlmaganda usul va chastota ogʻishini oʻz vaqtida aniqlashni taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring usuli va chastotasi XTKNN guruhi tomonidan belgilanishi, kutilayotgan ogʻish xususiyati hisobga olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring uchun masʼul shaxs(lar) aniq belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻish yuzaga kelishidan oldin jarayonga tuzatish kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegara buzilganda oxirgi muvaffaqiyatli monitoringdan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot alohida ajratilib, xavfsizlik boʻyicha baholanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari (natija, vaqt, usul) real vaqt rejimida qayd etilishi va monitoringni bajargan shaxs tomonidan imzolanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Monitoring uchun masʼul shaxslar tayyorgarlikdan oʻtkazilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oziq-ovqat biznesi operatori monitoring tartib-qoidalarining doimiy bajarilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Monitoring tartibi mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq XTKNN rejasida umumlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Har bir KNN boʻyicha tuzatish harakatlari tartibi oldindan belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tuzatish harakatlari quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegaradan ogʻish sodir boʻlgan vaqtda ishlab chiqarilgan mahsulot potensial xavfli deb hisoblanishi va boshqa mahsulotlardan darhol ajratilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot aralashib ketish va oʻzaro ifloslanishning oldini olish uchun alohida joyda saqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tuzatish harakatlari tartibi yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtirilishi zarur. Bunda ehtimoli yuqori boʻlgan ogʻishlar uchun tuzatish choralari aniq ketma-ketlikda belgilanishi, obyekt ichidagi axborot berish va xabardor qilish (aloqa) zanjirini oʻz ichiga olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tuzatish harakatlari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegaralardan ogʻishni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vositalar va amaliy harakatlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KNN boshqariladigan (nazorat ostidagi) holatga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻishning qayta yuzaga kelish ehtimolini kamaytirish maqsadida uning manbalarini aniqlash hamda asosiy sabablarini tahlil qilish va bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegaralardan ogʻish sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotni ajratib qoʻyish, uning xavfsizligi aniqlangandan soʻng muomalaga chiqarilishini taʼminlash yoki xavfli deb topilganda utilizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlikni baholash natijalariga koʻra, mahsulotni utilizatsiya qilish jarayoni qayta ishlash, boshqa maqsadlarda foydalanish (oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat mahsuloti sifatida) yoki yoʻq qilishni oʻz ichiga olishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tuzatish harakatlari, shu jumladan mahsulotni utilizatsiya qilish ishlari inson, hayvon va atrof-muhit xavfsizligiga xavf tugʻdirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tuzatish harakatlari boʻyicha barcha maʼlumotlar (chetlanish sababi, baholash natijasi, qabul qilingan qaror, utilizatsiya tartibi) toʻliq qayd etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oziq-ovqat biznesi operatori doimiy tartib-qoidalarga muvofiq tuzatish harakatlarining amalga oshirish jarayonlarini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tuzatish harakatlarining tartibi mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq XTKNN rejasida umumlashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. XTKNN rejasini joriy etishdan oldin validatsiya va verifikatsiyani amalga oshirish tartib-qoidalari ishlab chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Validatsiya tartib-qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN rejasida nazarda tutilgan nazorat choralari ahamiyatli xatarlarni nazorat qilishni tasdiqlovchi maʼlumotlar yigʻilishi hamda XTKNN rejasi joriy etilishidan oldin tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarayonlar yoki mahsulotlar bilan bogʻliq oʻzgarishlar oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hollarda XTKNN rejasini qayta tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat choralari va ularning kritik chegaralarini XTKNN rejasini ishlab chiqish jarayonida ilmiy manbalar, tadqiqotlar, laboratoriya sinovlari, ichki tajriba asosida tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Verifikatsiya doimiy ravishda oʻtkazilib, quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul xodimlar tomonidan jarayonlarining bajarilishini hamda nazorat choralarining XTKNN rejasiga muvofiq amalga oshirilishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnomalarni tekshirish (kritik chegaralar monitoringi, tuzatish choralari, shu jumladan mahsulotni keyingi bosqichga yoʻnaltirish boʻyicha qaydlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat va (yoki) monitoring uchun qoʻllaniladigan oʻlchov asboblarining aniqliligini kalibrlash yoki tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish muhiti, xomashyo, oraliq va yakuniy mahsulotlardan mikrobiologik, kimyoviy hamda toksikologik tekshiruvlar oʻtkazish uchun namunalar olish va ularni sinovdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Verifikatsiya tadbirlarini oʻtkazish davriyligi XTKNN guruhi tomonidan belgilanadi. Mazkur davriylik korxonaning xususiyatlariga (ishlab chiqarish quvvati, xodimlar soni, qayta ishlanadigan mahsulotlarning xususiyatlari), monitoring chastotasiga, vaqt oʻtishi bilan aniqlangan ogʻishlar soniga hamda ular bilan bogʻliq xatarlarga asoslangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. XTKNN tizimi boʻyicha validatsiya va verifikatsiya tadbirlari natijalari rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Validatsiya va verifikatsiya qilish tartibi mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq XTKNN rejasida umumlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. XTKNN tizimi asosidagi tartib-qoidalar rasmiylashtirilishi hamda ularning amalda bajarilishi boʻyicha maʼlumotlar qayd etib borilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. XTKNN hujjatlari va yozuvlari (bayonnomalari) quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DShD amalga oshirish boʻyicha hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTKNN guruhining tashkil etilganligi va tarkibini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mahsulot nomlari yoki oʻxshash mahsulotlar guruhlari uchun yakuniy mahsulot tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mahsulot nomlari yoki oʻxshash mahsulotlar guruhlari uchun ishlab chiqarish jarayonining sxemalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moslashuvchan yondashuvni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan XTKNN rejasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat choralarini aniqlashni oʻz ichiga olgan xatarlar tahlili boʻyicha ish varaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat choralarini asoslashga doir hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik chegaralarni aniqlash va tasdiqlash boʻyicha hujjatlar, shu jumladan ilmiy asoslarni tasdiqlovchi materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KNNlarda kritik chegaralar monitoringi boʻyicha bayonnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatish choralari bayonnomalari, shu jumladan mahsulot xavfsizligini aniqlash va utilizatsiya qilish natijalari boʻyicha qaydlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
validatsiya va verifikatsiya tadbirlarini oʻtkazish natijalari boʻyicha bayonnomalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Yuritilayotgan qaydlarga (bayonnomalarga) havolalar mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasiga muvofiq shaklda XTKNN rejasida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Hujjatlar va qaydlar (bayonnomalar) XTKNN guruhi uchun qulay boʻlgan tartibda saqlanishi shart. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qisqa yaroqlilik muddatiga ega (30 kungacha) mahsulotlar uchun hujjatlar kamida 1 yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta (1 — 6 oy) va uzoq muddatli (6 oydan ortiq) mahsulotlar uchun hujjatlar kamida 3 yil davomida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Doimiy tartib-qoidalar faoliyatning xususiyati va koʻlamini inobatga olgan holda, ularning har qanday sharoitda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida soddalashtirilgan yondashuv asosida ham joriy etilishi mumkin. Bunda ularni quyidagi hollarda qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik oziq-ovqat biznesi operatorlari faoliyatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida geografik cheklovlarga ega hududlarda (masalan, chekka hududlar yoki togʻli mintaqalarda) joylashgan oziq-ovqat biznesi operatorlari faoliyatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi oziq-ovqat biznesi operatorlari bir xil turdagi mahsulotlar guruhlarini ishlab chiqarsa yoki qayta ishlasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
anʼanaviy mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi oziq-ovqat biznesi operatorlari faqat birlamchi mahsulot ishlab chiqarish bilan shugʻullansa, dastlabki sharoit dasturlarini amalga oshirish hamda xatarlar tahlilini oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatarlar tahlili natijalariga koʻra ahamiyatli xatarlar aniqlanmagan va kritik nazorat nuqtalarini belgilash zarurati boʻlmagan hollarda (oziq-ovqat biznesi operatori dastlabki sharoit dasturlarining samaradorligini baholash maqsadida validatsiya va verifikatsiya tartib-qoidalarini ishlab chiqishi shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi past boʻlgan oziq-ovqat biznesi operatorlarida agar dastlabki sharoit dasturlari mahsulotlar xavfsizligi bilan bogʻliq xatarlarni aniqlash va nazorat qilish uchun yetarli boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0108-26-son SanQvaN)
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari rejasining namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

Kritik nazorat nuqtasi

Nazorat qilish lozim boʻlgan ahamiyatli xatarlar

Kritik chegara(lar)

Monitoring

Tuzatuvchi harakatlar

Samaradorlikni tekshirish boʻyicha tadbirlar

Hujjatlashtirish

Qaysi koʻrsatkich

Kritik nazorat nuqtasining aynan qaysi nuqtasida

Qachon

(davriyligi)

Masʼul xodim

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari tizimi tamoyillariga asoslangan doimiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga (0108-26-son SanQvaN)
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatarlar tahlili ish varagʻi namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

2.

3.

4.

5.

6.

Jarayon bosqichi*

Ushbu bosqichda joriy etilgan, nazorat qilingan yoki takomillashtirilgan potensial xatarlarni aniqlang:

B — biologik;

K — kimyoviy;

F — fizik

Ushbu xatar ahamiyatlimi? (yuzaga kelish ehtimoli mavjud va …)

3-ustundagi xatar ahamiyatini asoslang

Ahamiyatli xatar yuzaga kelganda, uning oldini olish yoki bartaraf etish yoki maqbul darajagacha kamaytirish uchun qanday choralar qoʻllash mumkin?

Ushbu bosqich kritik nazorat nuqtasi hisoblanadimi?

Ha

Yoʻq

Ha

Yoʻq

1.

B

K

F

2.

B

K

F

3.

B

Q

F

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh. Xatarlar tahlili oziq-ovqat mahsuloti tarkibiga kiritilgan har bir ingrediyentga nisbatan oʻtkazilishi kerak.