Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-18]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-son “Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-son “Majburiy raqamli markirovkalash tizimi samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir SH. SHERMATOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-fevral,
288-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2026-yil 17-fevraldagi 288-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 99-bandda:
birinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “onlayn nazorat kassa mashinasi” degan soʻzlar “onlayn nazorat kassa texnikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “onlayn nazorat kassa mashinasining” degan soʻzlar “onlayn nazorat kassa texnikasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 143-band, 159-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 172-bandning ikkinchi xatboshisi, 204 va 206-bandlar, 207-bandning “b” kichik bandidagi “onlayn nazorat kassa mashinasining” degan soʻzlar “onlayn nazorat kassa texnikasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-ilovaning 3-bandi “v” kichik bandi toʻrtinchi va yettinchi xatboshilaridagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2026 y., 10/26/2219-18/0182-son)