Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
buyrugʻi
Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlariga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3345-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 30-dekabrdagi 53-2021-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3345, 2022-yil 24-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2022-y., 10/22/3345/0063-son) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sohalari (taʼlim yoʻnalishlari) boʻyicha bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarining izoh qismi 3-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 17-fevral,
63-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026 y., 10/26/3345-1/0170-son)