Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining
buyrugʻi
“Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2803-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi, 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 54-son “Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2803, 2016-yil 20-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 310-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ISLAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 9-fevral,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2026-yil 9-fevraldagi 1-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
a) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 12 va 14-bandlar, 24-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organi” degan soʻzlar “davlat organi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoxud boshqa tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
e) 20-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “doimiy yashash joyi” degan soʻzlar “yashash joyi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026 y., 10/26/2803-3/0168-son)