03.02.2026 yildagi VII-17-15-8-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SURXONDARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyatida 2026-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-98-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 660-son qaroriga asosan 2026-yilda viloyatda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash maqsadida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2026-yilda viloyatda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlash yuzasidan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻining maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyatida 2026-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat zonalari hududlaridagi davlat koʻchmas mulkini 2026-yilda ijaraga berishda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 3-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarning hisoblash tartibi 4-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat markazi hamda shahar va tumanlar markaziy (birinchi darajali) koʻchalar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi (Y.Namozov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan davlat mulki boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzish holatlari aniqlangan hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirish va sudlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulklari roʻyxatlarini davriy nashrlarda hamda viloyat hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasining va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasining veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida joylashtirilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasi (Y.Namozov), viloyat Soliq boshqarmasi (E.Narmanov), shahar va tumanlar hokimliklari hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulki hisobotini toʻgʻri yuritish va budjetga qoʻshimcha mablagʻlarni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilari tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari balansidagi davlat mulklarini xatlovdan oʻtkazsin va boʻsh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan davlat mulklarini ijaraga berish boʻyicha har chorak yakuni bilan hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasiga bu mulkning joylashgan joyi, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflari koʻrsatilgan maʼlumotlarini taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat kadastrlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi (S.Shaymardonov) har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar viloyatda mavjud davlat mulki obyektlarining roʻyxatini elektron holatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining viloyat hududiy boshqarmasiga taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hududida 2026-yilda davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyat hokimligi axborot xizmati (M.Davlatov), mazkur qarorni “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalarida eʼlon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (I.Yoqubov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi CHORIYEV ABDURAIM RAVSHANOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 3-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-17-15-8-0-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.