02.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3768
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3768]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TASHKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 31-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 31-yanvardagi 4-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Mediatorlar oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi mediatorlar malaka komissiyalarining qarorlari (bundan buyon matnda malaka komissiyalari deb yuritiladi) ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida Oliy malaka komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy malaka komissiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga, Mediatorning kasb etikasi qoidalariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy malaka komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi va uning faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy malaka komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasining mazkur Nizomga muvofiq qabul qilgan qarorlari malaka komissiyalari tomonidan ijro etilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy malaka komissiyasining moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oliy malaka komissiyasining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy malaka komissiyasining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor shaxslarning shikoyatlarini koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, manfaatdor shaxslar, tegishli tashkilotlardan va malaka komissiyalaridan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan yangi ochilgan holatlarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek ularning faoliyatini oʻrganish maqsadida murojaat qilish hamda umumlashtirish va tahlil natijalari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oliy malaka komissiyasi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasiga oʻrganib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga, mediatsiya faoliyatining asosiy prinsiplariga qatʼiy rioya etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oliy malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oliy malaka komissiyasi mediatorlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, Adliya vazirligining hamda boshqa tashkilotlarning huquq sohasida tajribaga ega boʻlgan xodimlari orasidan toʻqqiz nafar aʼzodan iborat boʻlgan tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida malaka komissiyasining va Oliy malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy malaka komissiyasi raisi va oʻrinbosari komissiyaning birinchi yigʻilishida toʻliq tarkibda ishtirok etgan aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali oliy malaka komissiyasi aʼzolari orasidan saylanadi. Oliy malaka komissiyasi raisligi va oʻrinbosarligiga nomzodlar ovoz berishda qatnashmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi raisining oʻrinbosari Oliy malaka komissiyasining majlisida rais hozir boʻlmagan hollarda raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi aʼzoligiga mediatorlar orasidan nomzodlar mediatorlik faoliyati boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar orasidan tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining notariat, advokatura va mediatsiya boʻyicha masʼul tarkibiy tuzilmasi mediatsiya sohasi boʻyicha masʼul xodimi Oliy malaka komissiyasi kotibi (bundan buyon matnda kotib deb yuritiladi) etib tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib Oliy malaka komissiyasi aʼzosi hisoblanmaydi va majlislarda ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi holatlarda Oliy malaka komissiyasi aʼzosi komissiya tarkibidan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz arizasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediatorning faoliyati toʻxtatib turilganda yoki mediator Mediatorlar reyestridan chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar xodimlarining ish joyi oʻzgarganda yoki xodimlar ishdan boʻshatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzosi tomonidan mazkur Nizom talablari qoʻpol ravishda buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzosi sogʻligʻining holatiga koʻra vazifalarini bajarish imkoni boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzosi komissiya yigʻilishlarida ketma-ket uch marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha Oliy malaka komissiyasi aʼzosini mazkur komissiya tarkibidan chiqarish masalasi Oliy malaka komissiyasi raisi tomonidan komissiya yigʻilishiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi aʼzosini komissiya tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida Oliy malaka komissiyasi tarkibidan chiqarilgan komissiya aʼzosiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi aʼzosi komissiya tarkibidan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi aʼzosini ushbu bandning ikkinchi — yettinchi hatboshilarida nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha mazkur komissiyasi tarkibidan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiya tarkibidan chiqarilgan aʼzo oʻrniga Oliy malaka komissiyasi raisi taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan yangi komissiya aʼzosi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy malaka komissiyasi raisi komissiyaning navbatdagi yigʻilishi oʻtkaziladigan kun va vaqtni belgilaydi, shuningdek komissiya yigʻilishlarini oʻtkazadi va ularga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oliy malaka komissiyasi raisi komissiya ishini tashkil qilish hamda uning oʻz vaqtida, toʻgʻri va haqqoniy oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oliy malaka komissiyasining aʼzosi boʻlgan mediatorga nisbatan intizomiy ish yuritish koʻrib chiqilishi yoki Oliy malaka komissiyasi aʼzosining malaka imtihonini topshirishi natijalari boʻyicha shikoyati koʻrib chiqilgan hollarda, ular Oliy malaka komissiyasi majlisida qatnashishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi aʼzosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi majlisida koʻrilayotgan masalalar boʻyicha talabgor, mediator va boshqa manfaatdor shaxsning yaqin qarindoshi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, Oliy malaka komissiyasi majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, Oliy malaka komissiyasi aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar boʻyicha Oliy malaka komissiyasining boshqa aʼzolari koʻpchilik ovozi bilan, shuningdek masalasi koʻrilayotgan talabgorlar, mediatorlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish bildirilgan Oliy malaka komissiyasi aʼzosi rad etish toʻgʻrisidagi masala koʻrilishidan oldin oʻz tushuntirishini berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish toʻgʻrisidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yoʻqligida Oliy malaka komissiyasining qolgan aʼzolari tomonidan koʻpchilik ovozi bilan hal etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda ham, ushbu komissiya aʼzosi rad etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy malaka komissiyasi majlisi, agar unda tegishli komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli (kvorumga ega) boʻlmagan holda tegishli komissiyaning majlisda hozir boʻlgan aʼzolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Manfaatdor shaxslar majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi raisi komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlisning kun tartibi, sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kotib komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida yetti kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida komissiya majlisida ishtirok etadigan manfaatdor shaxslarni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy malaka komissiyasining qarorlari uning majlisida qatnashayotgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasining qarorlari ular qaysi majlisda qabul qilingan boʻlsa, oʻsha majlisda raislik qiluvchi tomonidan eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy malaka komissiyasining ishini yuritish kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kotib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasining kotibidan shikoyat yuzasidan tegishli materiallarni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasining majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan materiallarni tayyorlaydi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi aʼzolarini, shuningdek shikoyat bergan shaxslarni va boshqa manfaatdor shaxslarni Oliy malaka komissiyasining majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi aʼzolari va manfaatdor shaxslarning majlisda hozir boʻlganligini tekshiradi, hozir boʻlmaganlik sabablarini aniqlaydi va bu haqida Oliy malaka komissiyasi raisiga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi majlislarining bayonnomalarini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raislik qiluvchining Oliy malaka komissiyasi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq topshiriqlarini bajaradi, shuningdek mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oliy malaka komissiyasi majlislarida manfaatdor shaxslar videokonferensaloqa tizimida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oliy malaka komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritiladi, u majlisda raislik etuvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan Oliy malaka komissiyasining aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga kiritiladigan oʻzining nuqtai nazarini yozma yoki elektron shaklda bayon etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi majlislari bayonnomasi yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalarga qarab, bayonnomada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi majlisi oʻtkaziladigan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasining majlisida qatnashgan Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasining qarori ustidan keltirilgan shikoyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatda bayon etilgan vajlar, Oliy malaka komissiyasi aʼzolarining, manfaatdor shaxslarning soʻzga chiqishlari hamda tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ovoz berish yakunlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan har bir masala boʻyicha qarorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oliy malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay kotibning imzosi (elektron imzosi) bilan manfaatdor shaxslarga yozma yoki elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan koʻchirmalarda Oliy malaka komissiyasining majlisi oʻtkazilgan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Oliy malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan qismidagi, tegishli manfaatdor shaxslarga taalluqli boʻlgan masala boʻyicha qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Shikoyatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka komissiyalari qarorlarining ustidan keltirilgan shikoyatlar manfaatdor shaxslar tomonidan malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan eʼtiboran Oliy malaka komissiyasiga bir oy ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi muddat oʻtkazib yuborilganligi sabablarini uzrli deb topib, ana shu muddatni tiklashi va shikoyatni mazmunan koʻrib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlarni koʻrib chiqish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Mediatorlar malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3767, 2026-yil 2-fevral) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shikoyat Oliy malaka komissiyasi tomonidan u Adliya vazirligiga kelib tushgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan bir oy ichida koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oliy malaka komissiyasi intizomiy ish yuritish boʻyicha shikoyatni koʻrib chiqish vaqtida intizomiy ish yuritish bilan bogʻliq alohida masalalarni oʻrganish talab etiladi degan xulosaga kelsa, bunday oʻrganishni oʻtkazish vazifasi Oliy malaka komissiyasining qarori bilan oʻz aʼzolaridan birining va (yoki) kotibning zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oliy malaka komissiyasi shikoyatni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasining qarorini oʻzgartirish va yangi qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor malaka imtihonini topshirishi natijalari boʻyicha malaka komissiyasining qarorini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasi qarorini bekor qilish va mediatorga nisbatan intizomiy ish yuritishni tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni koʻrmasdan qoldirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatda bayon etilgan vajlar tasdiqlanmagan hollarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini oʻzgartirish va yangi qaror qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Mediatorlar malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3767, 2026-yil 2-fevral) talablari buzilgan holda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasi tomonidan asoslantirilmagan qaror qabul qilingan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oliy malaka komissiyasi tomonidan talabgor malaka imtihoni topshirishi natijalari boʻyicha malaka komissiyasining qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Mediatorlar malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3767, 2026-yil 2-fevral) talablari buzilgan hollarda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;

talabgor tomonidan malaka imtihonida berilgan javoblarni baholashda malaka komissiyasi tomonidan xolislik va begʻarazlik taʼminlanmagan deb topilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasi malaka komissiyasining talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirishi natijalari boʻyicha qarorini bekor qilish bilan bir vaqtda oʻz qarori bilan malaka imtihonini topshirgan deb topish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oliy malaka komissiyasi tomonidan malaka komissiyasining qarorini bekor qilish va mediatorga nisbatan intizomiy ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Mediatorlar malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3767, 2026-yil 2-fevral) talablari buzilgan hollarda, agar bunday qoidabuzarlik malaka komissiyasining qaror qabul qilishiga taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka komissiyasi tomonidan asoslantirilmagan qaror qabul qilingan hollarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oliy malaka komissiyasi tomonidan shikoyatni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy malaka komissiyasiga shikoyat bergan shaxsning shikoyatni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi arizasi kelib tushgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudda xuddi shu masala boʻyicha fuqarolik ishi qoʻzgʻatilgan yoki ish boʻyicha sudning tegishli qarori qabul qilingan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aynan shu mediator aynan shu holatlar boʻyicha muqaddam advokat yoki notarius sifatida intizomiy javobgarlikka tortilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mediator intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuvga erishgan hollarda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish maqsadida ularning faoliyatini oʻrganadi. Bunday oʻrganishlarga Oliy malaka komissiyasining aʼzolari ham jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Malaka komissiyalarining faoliyatini oʻrganish yakunlari boʻyicha ularning ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek xulosalar va tavsiyalarni oʻz ichiga olgan tahliliy maʼlumotnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Malaka komissiyalarining faoliyatiga doir tahliliy maʼlumotnoma Oliy malaka komissiyasining majlisida koʻrib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan tahliliy maʼlumotnoma rahbarlik va ijro qilish uchun malaka komissiyalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oliy malaka komissiyasining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2026 y., 10/26/3768/0104-son)