JIZZAX VILOYATI ZOMIN TUMANI HOKIMINING
QARORI
Tuman hududida yoʻl belgilari oʻrnatish toʻgʻrisida
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlash va tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 342-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 172-son qarori ijrosi yuzasidan Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida tuman Ichki ishlar boshqarmasining 2025-yil 12-dekabrdagi 48/39/3427-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 211- moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Tuman Ichki ishlar boshqarmasining 2025-yil 12-dekabrdagi 48/39/3427-sonli xati inobatga olinsin.
2. Zomin tumanida fuqarolarning xavfsizligi va avtotransport vositalarining harakatini tartibga solish maqsadida:
D052 “Dashtobod-Zomin-Baxmal-Gʻallaorol” avtomobil yoʻlining 0-km qismida “Navoiy” koʻchasi boʻylab yoʻlning har ikki tomoniga 3.27 (toʻxtash taqiqlangan) yoʻl belgisi va 7.2.1 (taʼsir oraligʻi) qoʻshimcha axborot belgisi oʻrnatilishiga ruxsat berilsin.
3. Zomin tumani ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (O. Xasanov)ga:
mazkur qaror bilan tegishli joyga yoʻl belgilarini oʻrnatilishini tashkil etsin hamda ushbu hududlarda avtomobillar harakatini nazorat qilib borsin.
4. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror “Sharq tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari E. Maxmanazarov hamda tuman ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi I. Nurmatov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi A. ABDUGʻANIYEV
Jizzax viloyati, Zomin tumani,
2026-yil 20-yanvar,
22-3-48-Q/26-son