BUXORO VILOYATI JONDOR TUMANI HOKIMINING
QARORI
Jondor tuman hokimining 2011-yil 24-maydagi 319-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25-moddalari hamda fuqaro Jumayeva Munavvar Ikromovnaning tuman hokimiga yozgan arizasini inobatga olib qaror qilaman:
1. Jondor tuman “Koʻlyon” mahalla fuqarolar yigʻini Koʻlyon qishlogʻida yashovchi fuqaro Jumayeva Munavvar Ikromovnaning arizasi inobatga olinsin.
2. Jondor tuman hokimining 2011-yil 24-maydagi 319-sonli qaroridagi “Jumayeva Munavvar” degan soʻzlari “Jumayeva Munavvar Ikromovna” deb oʻqilsin.
3. Tuman hokimligi devonxonasi (T. Sulaymonov) mazkur qaror nusxasini manfaatdor taraflarga yetkazilishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Tuman hokimi J. XUDOYEV
Buxoro viloyati, Jondor tumani,
2026-yil 16-yanvar,
19-2-35-Q/26-son