Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 26-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1829-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2008-yil 15-martdagi 8/8-son qarori (roʻyxat raqami 1829, 2008-yil 18-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 24-25-son, 247-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais birinchi oʻrinbosari N. SAYDULLAYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 5-yanvar,
37/3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 5-yanvardagi 37/3-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 3-bandda:
oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oʻn toʻrtinchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn birinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taʼminot qiymati — taʼminotdagi DQQning sonini bir dona DQQning birja maʼlumotlariga muvofiq bozor narxiga koʻpaytirishdan hosil boʻlgan kattalik;”;
yigirma oltinchi xatboshidagi “elektron tizimi.” degan soʻzlar “elektron tizimi;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Milliy kliring markazi – DQQlar boʻyicha kliring, markazlashgan kliringni amalga oshiruvchi va markaziy kontragent sifatida faoliyat yurituvchi tashkilot;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) — depo hisobvaraqlari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni saqlashning, bunday qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishning va qimmatli qogʻozlar harakatining yagona tizimini taʼminlovchi tashkilot.”.
2. 5-bandning “b” kichik bandidan “kamida 5 kalendar kuni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“REPO bitimlari markaziy kontragent ishtirokida yoki markaziy kontragent ishtirokisiz tuzilishi mumkin.”.
5. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Tizim doirasidagi REPO bitimlarini tuzishda savdo qatnashchilari tomonidan Savdo tizimiga raqobatli va raqobatsiz buyurtmalar kiritiladi.
Dilerning oʻzi tomonidan REPO stavkasi koʻrsatiladigan raqobatli buyurtmalardan farqli ravishda, raqobatsiz buyurtmalar Savdo tizimiga buyurtma berilgan vaqtda birja qoidalariga muvofiq avtomatik hisoblanadigan REPO stavkasi boʻyicha kiritiladi.”.
6. 12-bandda:
toʻrtinchi xatboshidan “va taʼminotdagi DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “bunda n > 1” degan soʻzlar “bunda n ≥ 1” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “DQQning chiqarilish raqami” degan soʻzlar “DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“i) diskontning qiymati.”;
oʻninchi xatboshi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tizimdan tashqaridagi REPO bitimlarini tuzish uchun diler oʻz buyurtmasida, REPO bitimining majburiy shartlariga qoʻshimcha ravishda, ushbu bitimni tuzish boʻyicha taklifni qabul qiluvchi dilerning nomini koʻrsatishi lozim.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“DQQ savati bilan tuziladigan REPO bitimlari boʻyicha dastlabki sotib oluvchi tomonidan kiritiladigan buyurtmalarda DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodini koʻrsatish talab etilmaydi.”.
7. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Savdo tizimida REPO bitimi tuzilishi uchun mazkur Nizomning 12-bandi “a”, “b”, “d”, “e”, “j”, “z” va “i” kichik bandlarida koʻrsatilgan REPO bitimlarining shartlari ikkita muqobil buyurtmalarda mos kelishi shart.”.
8. 19 — 21-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. OʻzRVBning birja bitimlari reyestridan koʻchirma REPO bitimining tuzilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻlib, uning standart shakli birja qoidalariga muvofiq tasdiqlanadi.
20. OʻzRVB, Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazining har bir REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchidan oladigan vositachilik haqi (bundan buyon matnda vositachilik haqi deb yuritiladi) ularning tegishli qoidalariga muvofiq undiriladi.
21. REPO bitimlari boʻyicha dilerning majburiyatlari ijrosini taʼminlash Markaziy depozitariy yoki Milliy kliring markazi tomonidan taraflar oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan uning Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaragʻidan (investitsiya vositachisining bank hisobvaragʻidan) akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.”.
9. 28-bandning “b” kichik bandida:
birinchi xatboshidan “OʻzRVBning” degan soʻz chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda Savdo tizimi Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan:”;
beshinchi xatboshidan “Savdo tizimining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 29 — 31-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Savdo tizimi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi roʻyxatga olingandan soʻng:
dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini taʼminotga kiritilgan DQQning miqdoriga oshiradi;
dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini REPO summasi bilan vositachilik haqi orasidagi farqqa oshiradi.
30. Mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan operatsiyalarning Savdo tizimi tomonidan Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan toʻliq ijro etilishi hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimi tuzilganligi va uning birinchi qismi ijro etilganligini bildiradi.
31. Hisob-kitoblari T_0 kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan Savdo tizimi REPO bitimi tomonlariga elektron maʼlumotni taqdim etadi.”.
11. 33-banddan “Savdo tizimining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
12. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismini ijro etish uchun REPO bitimlarining birinchi qismi ijrosi belgilangan kuni dilerlar tomonidan quyidagi yetarlilik shartlari bajarilishi shart:
a) dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun pul mablagʻlarining yetarliligi;
b) dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun DQQning yetarliligi.
Bunda Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan Savdo tizimi dastlabki sotuvchi va dastlabki sotib oluvchi tomonidan yetarlilik shartlari bajarilgandan soʻng:
dastlabki sotib oluvchining pul pozitsiyasini REPO summasiga kamaytiradi;
dastlabki sotuvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimining birinchi qismi ijrosi uchun zarur boʻlgan DQQ miqdoriga kamaytiradi.”.
13. 37-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijrosini taʼminlash uchun Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan Savdo tizimi:”.
14. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Hisob-kitoblari T_n kodli REPO bitimining birinchi qismi ijro etilganligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan Savdo tizimi REPO bitimi tomonlariga elektron maʼlumotni taqdim etadi.”
15. 42-bandda:
birinchi xatboshidagi “savdolar tugagunga qadar Savdo tizimiga buyurtma-topshirigʻini kiritmagan” degan soʻzlar “yetarlilik shartini bajarmagan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “buyurtma-topshirigʻini Savdo tizimiga kiritmagan boʻlsa” degan soʻzlar “yetarlilik shartlarini bajarmagan boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Savdo tizimida hamda Markaziy depozitariy va Milliy kliring markazining tizimlarida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli yetarlilik shartlarining bajarilmaslik holatlari bundan mustasno.”.
16. 48-banddagi “kupon (foiz) daromadi olganda” va “roʻyxatga oladi.” degan soʻzlar tegishli ravishda “kupon (foiz) daromadi olganda Markaziy depozitariy va (yoki) Kliring markazi maʼlumotlariga asosan” va “roʻyxatga oladi va bu toʻgʻrisida REPO bitimi tomonlariga elektron maʼlumot taqdim etadi.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17. 54-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “tasdiqnoma joʻnatadi” degan soʻzlar “elektron maʼlumot joʻnatadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
18. 58-bandda:
oltinchi xatboshidan “va taʼminotdagi DQQning muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatga muvofiq kodi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “DQQning chiqarilish raqami” degan soʻzlar “DQQning identifikatsiya raqami yoki xalqaro kodi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
19. 62 va 63-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“62. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ borligini tekshiradi.
Tekshirish natijalariga koʻra, dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarning toʻliq ijrosi uchun yetarli darajada mablagʻ boʻlgan holda, dastlabki sotuvchining pul pozitsiyasini qaytarish summasiga kamaytiradi.
63. Savdo tizimi REPO bitimining ikkinchi qismi ijrosi boʻyicha Markaziy depozitariy va (yoki) Milliy kliring markazidan olingan maʼlumotlarga asosan REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ borligini tekshiradi.
Tekshirish natijalariga koʻra, dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasida REPO bitimining ikkinchi qismini toʻliq ijrosi uchun yetarli miqdorda DQQ mavjud boʻlgan holda, dastlabki sotib oluvchining “depo” pozitsiyasini REPO bitimi boʻyicha taʼminot tarkibidagi DQQ miqdoriga kamaytiradi.”.
20. 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etilmaganda, REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada mazkur Nizomning 62 yoki 63-bandida belgilangan yetarlilik shartini bajarmagan tomon oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Agar REPO bitimining ikkinchi qismi ijro etiladigan sanada bitimdagi ikkala tomon ham mazkur Nizomning 62 va 63-bandlarida belgilangan yetarlilik shartini bajarmagan boʻlsa, u holda REPO bitimining ikkinchi qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ikkala tomon ham javobgar hisoblanadi.
Savdo tizimida hamda Markaziy depozitariy va Milliy kliring markazining tizimlarida yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli yetarlilik shartlarining bajarilmaslik holatlari bundan mustasno.”.
21. 8-bobning nomidan “Taʼminoti blokirovka qilingan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
22. 70-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“70. REPO bitimining ikkinchi qismi ushbu bitim shartlarida belgilangan vaqtda ijro etilmasa, Savdo tizimi REPO bitimi boʻyicha dastlabki sotuvchining dastlabki sotib oluvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun DQQlarni sotish yoki dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun DQQlarni sotib olish boʻyicha auksion tashkil qiladi.
Markaziy kontragent ishtirokida tuzilgan REPO bitimlarining ijrosi Milliy kliring markazi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
23. 71-bandda:
birinchi xatboshidagi “Taʼminotning sotilishi” va “savdo kunidan boshlab Savdo tizimi tomonidan oʻtkaziladigan kunlik auksionlar shaklida” degan soʻzlar tegishli ravishda “Taʼminotning sotilishi yoki sotib olinishi” va “savdo kunida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “auksiondagi sotilish narxi” degan soʻzlar “auksiondagi sotilish yoki sotib olinish narxi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
24. 72-banddagi “sotiladigan DQQning tarkibi” va “sotishning minimal narxi” degan soʻzlar tegishli ravishda “sotiladigan (sotib olinadigan) DQQning tarkibi” va “sotishning (sotib olishning) minimal (maksimal) narxi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 73-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“73. Auksion natijalari boʻyicha qayta hisoblangan REPO bitimining qaytarish summasi nolga teng boʻlmay, DQQ esa toʻla hajmda sotilmay yoki sotib olinmay qolgan taqdirda navbatdagi auksion oʻtkazilishi eʼlon qilinadi. Bunda, DQQning auksiondagi sotish yoki sotib olish narxiga birja qoidalariga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.”.
26. 74-banddagi “yetarli hajmda sotadi” degan soʻzlar “yetarli hajmda sotadi yoki sotib oladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
27. 75-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dastlabki sotib oluvchining dastlabki sotuvchi oldidagi majburiyati soʻndirilganidan soʻng DQQni sotib olishdan ortib qolgan pul mablagʻlarining qoldigʻi dastlabki sotib oluvchiga qaytariladi.”.
28. 79-band “sotishdan tushgan pul mablagʻlari” degan soʻzlardan keyin “yoki sotib olingan DQQ” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
29. 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“80. Xabarnoma olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida xabarnomada koʻrsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, ushbu majburiyatlar summasi taraflar oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan majburiyatlarni bajarmagan dilerning Markaziy bankda ochilgan vakillik hisobvaragʻidan (investitsiya vositachisining bank hisobvaragʻidan) akseptsiz tartibda hisobdan chiqarish orqali amalga oshiriladi.”.
30. 9-bobning nomidan, 82-banddan, 85-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridan hamda 86-banddan “toʻgʻridan-toʻgʻri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
31. 81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“81. Markaziy bank tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) bilan ularning likvidliligini tartibga solish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va davlat boshqaruvi organlarining fiskal agenti vazifasini bajarish maqsadida REPO bitimlarini amalga oshiradi.”.
32. 83-banddagi “toʻgʻridan-toʻgʻri REPO bitimlari” va “birja qoidalariga” degan soʻzlar tegishli ravishda “REPO bitimlari” va “Markaziy bank boshqaruvining qarori va birja qoidalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
33. 84-banddan “Toʻgʻridan-toʻgʻri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
34. 96-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“96. Bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar bank tomonidan bajarilmagan yoki notoʻgʻri bajarilgan holda, Markaziy bank bitimning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish huquqiga ega. Bunda, Markaziy bank tomonidan likvidlilikni taqdim etish maqsadida tuzilgan REPO bitimi boʻyicha sotib olingan DQQ Markaziy bank tasarrufida, pul mablagʻlari esa bankda qoladi.
Markaziy bank tomonidan likvidlilikni olib qoʻyish maqsadida tuzilgan REPO bitimi boʻyicha sotilgan DQQ bank tasarrufida, pul mablagʻlari esa Markaziy bankda qoladi.
Yuqoridagi hollarda Markaziy bank zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.”.
35. 107-banddan “taʼminoti blokirovka qilingan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026 y., № 10/26/1829-5/0078)