XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining 2025-yil 22-may kunidagi VII-08-53-2-36-K/25-sonli qarori ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Kogon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori SH. Buronovning 2025-yil 28-noyabr kunidagi 224-sonli xati bilan kiritgan taklifini tinglab, muhokama qilib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6, 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Kogon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Sh. Buronovning 2025-yil 28-noyabr kungi 224-sonli xati bilan kiritigan taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining 2025-yil 22-may kungi VII-08-53-2-36-K/25-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish kiritilsin va ilovaga muvofiq maʼqullansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi A. Bekmurodov va qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sh. Boʻronov zimmalariga yuklatilsin.
4. Tuman hokimligining axborot xizmati rahbari A. Qahhorovga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirish va ommaviy axborot vositalaridaeʼlon qilish vazifasi yuklansin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi TURSUNOVA XURMAT TOSHEVNA
Buxoro viloyati, Kogon tumani,
2026-yil 14-yanvar,
VI-16-7-2-36-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.