29.12.2025 yildagi II-24-141-14-220-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangihayot tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun va noruda qurilish materiallari boʻyicha (sementdan tashqari) soliqlar boʻyicha 2026-yilda soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuniga muvofiq, “Yangihayot tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va noruda qurilish materiallari boʻyicha (sementdan tashqari) soliqning 2026-yil uchun qatʼiy belgilangan stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Maxmudov va tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi A. Malikovning axboroti va takliflarini tinglab, muhokama qilib, soliq yoʻnalishidagi faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi asosida xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Yangihayot tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va noruda qurilish materiallari boʻyicha (sementdan tashqari) soliqning 2026-yil uchun qatʼiy belgilangan stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Maxmudov va tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi A. Malikovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin, berilgan takliflari inobatga olinsin va maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorga binoan 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil 1-yanvardan yuridik va jismoniy shaxslarning noturar obektlari uchun yer soligʻi boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning turar obyektlari uchun olinadigan yer soligʻi boʻyicha mutloq miqdorda 1 kv. metr uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) suv resurslaridan foydalanganlik uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) noruda qurilish materiallari boʻyicha (sementdan tashqari) soliqning qatʼiy belgilangan stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yangihayot tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi A. Malikovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror kuchga kirgandan soʻng, oʻn kunlik muddat ichida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun 2026-yilga belgilangan soliq stavkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
byudjet daromadlari koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlash, soliq bazasini kengaytirish, qoʻshimcha soliq zaxiralarini aniqlash va soliqqa tortish hamda tumanni iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida zaruriy chora-tadbirlar koʻrish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashiga har chorak yakuni boʻyicha maʼlumot kiritib borilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S. Vafayev, tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari A. Maxmudov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi A. Malikov, tumandagi tegishli okruglardan saylangan deputatlar va fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari raislari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun mahalla kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish va qoʻllash tartibi joriy etilganligini keng targʻib qilish, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarni olib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining Matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi M. Abdushukurova va tuman Soliq inspeksiyasi soliq inspeksiyasi boshligʻi A. Malikovga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarordan kelib chiqqan holda, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va noruda qurilish materiallari (sementdan tashqari) soliqlari boʻyicha belgilangan stavkalari, soliq solish tartiblari hamda coliqga doir boshqa maʻlumotlarni tuman hokimligining rasmiy veb-sayti, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Yangihayot tumani Yangihayot tumanida 2025-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” II-5-023-14-220-K/24-son va “Yangihayot tumani Yangihayot tumanida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 2025-yilda soliq stavkasiga qoʻllanadigan koeffitsiyentini tasdiqlash toʻgʻrisida” II-5-024-14-220-K/24-son qarorlari 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi S. Vafayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi X. INOGAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II-24-141-14-220-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.