12.01.2026 yildagi III-23-1-14-205-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI SHAYXONTOHUR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shayxontohur tumanida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlarga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 1105-sonli Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini kiritish va qoʻllash yuzasidan, xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi 1105-sonli Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PF-6121-sonli Farmonining 1-bandi 2-xat boshiga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun daha, massiv va mahalla kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish va qoʻllash tartibi joriy etilganligi, 2025-yil Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari va Prezidentning Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Soliq kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olib, tuman Soliq inspeksiyasining 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar yuzasidan kiritilgan taklifi maʼqulansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksining 27-moddasi va Soliq kodeksiga asosan “2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha yer soligʻi stavkasiga, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun 111907-son bilan 15 kun muddatga “regulation.gov.uz” elektron tizimiga joylashtirilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman xalq deputatlari Kengashlariga mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha mahallalar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga yuridik shaxslardan olinadigan 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlari boʻyicha mahallalar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer soligʻi stavkasiga jismoniy shaxslardan olinadigan 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdori 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi (X. Mullajonov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorni sifatli darajada ijrosini taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan byudjet daromadlari koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlash, Soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatilishi uchun xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashiga doimiy ravishda maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shayxontohur tumani hokimligi va tuman soliq inspeksiyasi, mazkur qarordan kelib chiqqan holda, yuridik va jismoniy shaxslarning yer soliqlari boʻyicha belgilangan stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi hamda jismoniy yoki yuridik shaxslar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar oʻrnatilgan tartibda sud orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining 2025-yil 27-dekabrdagi “Shayxontohur tumanida 2025-yilda yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq stavkasiga qoʻllanilgan koeffitsiyentni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi III-5-032-14-205-K/24 son hamda 2025-yil 3-yanvardagi III-5-1-14-205-K/25-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, berilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda: Shayxontohur tumani hokimining birinchi oʻrinbosari I. Sayriddinov, Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi X. Mullajonov, tuman Kadastr boʻlimi bilan birgalikda 2026-yil davomida 2027-yil 1-yanvargacha tumanda faoliyat olib borayotgan faoliyat turidan qatʼiy nazar mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib borayotgan koʻcha yuzalarida joylashgan tadbirkorlik subyektlarida iqtisodiy zonalar joylashuvi boʼyicha yer soliqlarini belgilash uchun oʻrganishlar olib borilsin hamda oʻrganishlar natijasi yuzasidan va Shayxontohur tumani hokimining birinchi oʻrinbosari boshchiligida tegishli boʻlgan masʼul tashkilotlar ishtirokida muntazam ravishda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish va tadbirkorlar tamonidan berilayotgan taklif va tavsiyalar xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasiga berilgan takliflarni muhokamalar uchun kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islodotlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi va Shayxontohur tumani hokimining birinchi oʻrinbosari (I. Sayriddinov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A. GAFUROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 12-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-23-1-14-205-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.