09.01.2026 yildagi VII-15-2-8-112-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI JARQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarqoʻrgʻon tumanida yuridik va jismoniy shaxslarning 2026-yil uchun mol-mulk hamda yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-, 429- va 437-moddalariga asosan Surxondaryo viloyatida 2026-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsiyent qoʻllash va viloyatda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi A. Almardonovning hisobotini tinglab, sessiyada deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni hamda Surxondaryo viloyat Kengashining 2026-yil 6-yanvardagi VII-17-2-8-0-K/26-sonli qarorini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Soliq inspeksiyasining 2025-yil 16-dekabrdagi 14-09653-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (R. Xamrayev), tuman Soliq inspeksiyasi boshligʻi (A. Almardonov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv.m uchun mutloq miqdorda belgilangan minimal qiymatda boʻlishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv. m uchun mutloq miqdori tumanda va qishloq joylarda 1 390 000 (bir million uch yuz toʻqson ming) soʻm belgilanganligi minimal qiymatda boʻlishi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniya orqali keng ommaga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan mavjud mol-mulklari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-fevralga qadar soliq toʻlovchilarni qoʻllab- uvvatlash va eʼtirof etish maqsadida 2025-yil davomida mol-mulk soliqlarini belgilangan tartibda va muddatda toʻlashda faol boʻlgan tumandan kamida 3 tadan yuridik shaxslarni moddiy va maʼnaviy tomonlama ragʻbatlantirish takliflarini kiritish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻining amaldagi stavkalari yuridik shaxslarning 1 gektariga 52,780 mln. soʻm va jismoniy shaxslarning 1 kv. m ga 441,38 soʻm, yuridik shaxslar uchun 1 koeffitsiyentgacha va jismoniy shaxslar 1 koeffitsiyentgacha indeksatsiya qilinishi qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniye orqali ommaga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 (oʻn) kun muddatda 2025-yil davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun yer soliqlarini belgilangan muddatda va miqdorda faollik bilan toʻlagan tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarni mahalliy budjet hisobidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari tuman Kengashiga takliflarini kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari uchun keyingi soliq davriga tasdiqlangan soliq stavkalarini besh kun ichida soliq toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazilishini taʼminlassin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida hamda yuridik shaxslarga hisoblangan mol-mulk soligʻi va undirilgan boshqa soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan Jarqoʻrgʻon tumaniga 2026 yilda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq solishda minimal qiymatga qoʻllaniladigan koeffittsent miqdori 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun Jarqoʻrgʻon tumanining iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi matbuot xizmati va “Janub gavxari” gazetasi tahririyati (D. Choriyeva)ga, “Jarqoʻrgʻon” gazetasi tahririyatiga mazkur loyihani amalga oshirishning maqsadi va uning tuman iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida televideniye, radio, rasmiy sahifalar orqali ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashining 2025-yil 1-martdagi “Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashi 2025-yil 1-fevraldagi VII-5-19-8-112-K/25 sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha haqida”gi VII-6-30-8-112-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Toshpoʻlatov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi AVAZOV ELMUROD ROʻZIMURODOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-15-2-8-112-K/26-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.