XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Termiz shahrida yuridik va jismoniy shaxslarning 2026-yil uchun mol-mulk hamda yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 412-, 429-moddalariga asosan Termiz shahrida 2026-yilda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning minimal qiymatiga nisbatan koeffitsiyent qoʻllash va shaharda yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2026-yil uchun yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Termiz shahar Soliq inspeksiyasining 2025-yil 30-dekabrdagi 18-17049-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Termiz shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Sh. Dusmuratov, shahar Soliq inspeksiyasi (S. Turayev)ga:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish maqsadida, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv.m uchun mutloq miqdorda belgilangan minimal qiymatda boʻlishini nazorat qilish;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlarning 1 kv. m uchun mutloq miqdori viloyat markazlarida 2 350 000 (ikki million uch yuz elik ming) soʻm va boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 1 390 000 (bir million uch yuz toʼqson ming) soʻm belgilanganligi minimal qiymatda boʻlishi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniya orqali keng ommaga taqdim etish;
minimal qiymat boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq qishloq joylarida keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida, xalq deputatlari shahar Kengashi belgilagan minimal qiymatga shaharning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish;
yuridik shaxslar tomonidan mavjud mol-mulklari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olish;
2026-yil 1-fevralga qadar soliq toʻlovchilarni qoʻllab-quvvatlash va eʼtirof etish maqsadida 2025-yil davomida mol-mulk soliqlarini belgilangan tartibda va muddatda toʻlashda faol boʻlgan shahardan kamida 3 tadan yuridik shaxslarni moddiy va maʼnaviy tomonlama ragʻbatlantirish takliflarini kiritish vazifalari yuklatilsin.
3. Quyidagilar:
Termiz shahriga 2026-yilda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq solishda minimal qiymatga qoʻllaniladigan koeffittsent miqdori 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun shaharning mahallalar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Termiz shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi Sh. Dusmuratov, shahar Soliq inspeksiyasi (S. Turayev)ga:
yer soligʻining amaldagi stavkalari yuridik shaxslar 1 gektarga 57,681 mln. soʻm va jismoniy shaxslar 1 kv. m ga 522,59 soʻm, yuridik shaxslar uchun 1,30-1,53 koeffitsiyentgacha va jismoniy shaxslar 1,2-1,5 koeffitsiyentgacha indeksatsiya qilinishi qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilashi mumkinligi yuzasidan “Surxondaryo” televideniyesi bilan hamkorlikda press klublar va chiqishlarni amalga oshirish hamda televideniye orqali ommaga taqdim etsin;
belgilangan yer soligʻi stavkalariga (yuridik va jismoniy shaxslarning) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashgan daha, mavze, mahalla, koʻcha kesimida 0,5 dan 2,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllashlari yuzasidan maʼlumotlarni taʼminlab bersin;
10 (oʻn) kun muddatda 2025-yil davomida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlari uchun yer soliqlarini belgilangan muddatda va miqdorda faollik bilan toʻlagan shahardagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarni mahalliy budjet hisobidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida xalq deputatlari shahar Kengashiga takliflarini kiritsin;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mavjud yer maydonlari uchun hisoblangan yer soliqlarini oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borishlarini nazoratga olsin;
har chorak yakunida yuridik va jismoniy shaxslarga hisoblangan yer soligʻi va undirilgan soliqlar toʻgʻrisida hamda yuridik shaxslarga hisoblangan mol-mulk soligʻi va undirilgan boshqa soliqlari toʻgʻrisida xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot berib borsin.
5. Shahar hokimligi Axborot xizmati (A. Qosimova) va “Termiz oqshomi” gazetasi tahririyati (A. Radjabov)ga mazkur loyihani amalga oshirishdan maqsad va uning shahar iqtisodiyotini yuksaltirishdagi afzalliklari toʻgʻrisida televideniye, radio, rasmiy sahifalar orqali ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi “Termiz shahrida yuridik va jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlariga 2025-yil uchun yer soligʻi stavkalarini belgilash haqida” VII-4-1-8-121-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mustafakulov) zimmasiga yuklatilsin.
8. Qaror loyihasi regulation.gov.uzga muhokamaga qoʻyilganda berilgan taklif va eʼtirozlardan kelib chiqib oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi inobatga olinsin.
9. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi LOLAYEV SHAROFIDDIN USANOVICH
Surxondaryo viloyati, Termiz sh.,
2026-yil 8-yanvar,
VII-17-2-8-121-K/26-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.