XALQ DEPUTATLARI QUVA TUMANI KENGASHINING
qarori
Quva tuman mahalliy budjetining 2025-yil uchinchi chorak yakuni boʻyicha daromadlarni ortiqcha bajarilgan qismini taqsimlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasi (Davlat budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining qoʻshimcha manbalaridan foydalanish)ga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlarini mahalliy budjetlarni boshqarishda erkinliklar berilib, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha stavkalarini belgilash, mahalliy budjeti xarajatlarini hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilar kesimida tasdiqlash va ularning Kengash oldidagi hisobdorligini belgilash boʻyicha vakolatlari kengaytirilgan.
Mazkur Kodeksning 126-moddasiga asosan Quva tuman budjetinining 2025-yil III-chorak yakuni boʻyicha daromadlarni rejasini ortiqcha bajarilgan qismini taqsimlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida” gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Quva tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 119 — 126-moddalariga hamda “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-son Qonuniga muvofiq Quva tumani hokimining birinchi oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi J. Zakirovning 2025-yil uchinchi chorak mahalliy budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti qabul qilinsin.
Mazkur hisobotdan kelib chiqib, Quva tuman mahalliy budjetining 2025-yil III-chorak daromadlar rejasini ortiqcha bajarilgan qismi hisobidagi mablagʻlari 1 190 530 ming soʻm miqdorida bunga qoʻshimcha, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotishdan tushgan pul mablagʻlaridan 887 589 ming soʻm miqdorida shakllanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga asosan 2025-yilda tuman mahalliy budjetining 2025-yil uchinchi chorak yakuni boʻyicha daromadlarni rejasini ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan quyidagi xarajatlar uchun:
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora -tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-son qarori ijrosini taʼminlash (30 foiz) uchun aholi tomonidan eng koʻp maʼqullangan tadbirlarga 2025-yil III-chorak yakuni boʻyicha daromadlarni ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan 357 160.0 ming soʻm ajratilishiga rozilik berilsin.
Shuningdek, yuqoridagi ajratilgan mablagʻlardan Iqtisod qilingan yoki foydalanilmagan mablagʻlar tumanda amalga oshirilgan xarajatlardan boʻlgan qarzdorliklarga, favqulodda vaziyatlarda va shunga oʻxshash kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi talab etiladigan xarajatlar uchun xarajatlarga yoʻnaltirish koʻzda tutilsin.
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (J. Zakirov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari A. Solievlar Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1011-son Qonunning 24-moddasiga asosan tegishli ravishda budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatish hamda erishilgan natijalar boʻyicha hisobotlarini xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilishini taʼminlasin.
4.Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari J. Zakirov, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining «Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha» doimiy komissiyasi (A. Dadajonov) zimmasiga yuklansin
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiritiladi.
Kengash raisi X. UMAROV
Fargʻona viloyati, Quva tumani,
2025-yil 24-noyabr,
VII-16-150-11-156-K/25-son