XALQ DEPUTATLARI CHINOZ TUMANI KENGASHINING
qarori
Chinoz tumani boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish mavsumida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori ijrosi boʻyicha asosan Chinoz tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktorining oʻrinbosari E. Nalibayevning hisobotini tinglab, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi hamda Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyalarining 2025-yil 12-noyabrdagi 03-01-02-04-DKQB/13-25-sonli qoʻshma majlisi bayoni, doimiy komissiyasining 03-01-02-04-DKQQ/11-25-qaror sonli qoʻshma qarori va xulosasini, deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Chinoz tumani “Suv etkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktorining oʻrinbosari E. Nalibayevning qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida yakuniy isteʼmolchilarga suv yetkazib berish boʻyicha amalga oshirgan ishlari hamda Chinoz tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 27-oktabrdagi 82/14-166-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Chinoz tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktorining oʻrinbosari E. Nalibayevning Chinoz tumani boʻyicha 2025-2026-yillarning kuz-qish mavsumida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va tumanda 2025-2026-yillarning kuz-qish mavsumida sugʻorish ishlari uchun isteʼmolchilar kesimida ajratilgan suv limiti 1-2-3-4-5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Chinoz tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktoriga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish borish vazifalari yuklatilsin.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan joriy yilning yakuni boʻyicha xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot bersin.
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Chinoz tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari S. Botirov zimmasiga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Chinoz tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (D. Teshabayev) zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi
Kengash raisi SH. SALIXOV
Toshkent viloyati, Chinoz tumani,
2025-yil 18-noyabr,
VII-20-94-10-144-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.