20.05.2025 yildagi VII-11-86-4-0-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QASHQADARYO VILOYATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi ayrim mahalla fuqarolar yigʻinlarini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasining 2025-yil 25-martdagi 01/107-sonli xati hamda viloyat hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasining 2025-yil 8-apreldagi 2-sonli bayoni bilan tasdiqlangan xulosasi va Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasining 2025-yil 30-apreldagi 6-12/1-474-sonli taqdimnomasini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 162 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasining 2025-yil 25-martdagi 01/107-sonli xati, viloyat hokimligi huzuridagi Mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish masalalari boʻyicha idoralararo doimiy komissiyasining 2025-yil 8-apreldagi 2-sonli bayoni bilan tasdiqlangan xulosasi, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasining 2025-yil 30-apreldagi 6-12/1-474-sonli taqdimnomasi hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi O. Ravshanovning maʼruzasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatda birlashtiriladigan mahalla fuqarolar yigʻinlari roʻyxati ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) hokimliklari aloqador tashkilotlar bilan birgalikda birlashtiriladigan mahalla fuqarolar yigʻinlarini qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazsin hamda muhr va tamgʻalarini almashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 11-apreldagi VII-10-60-4-0-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi I. Xalilov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari A. Qobilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi I. XUSHMURODOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-86-4-0-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.