XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHINING
Qarori
Urgut tumanida 2025-2026-yillarda nosugʻorish davri uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 30-sentabrdagi 01/87-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi oʻn sakkizinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaror maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Urgut tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B.Raxmonovning Urgut tumanida 2025-2026-yillarda nosugʻorish davri uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Urgut tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B.Raxmonovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi va tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (F.Boboyev) zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi ABLOKULOVA GOʻZAL HAMROQULOVNA
Samarqand viloyati, Urgut tumani,
2025-yil 3-noyabr,
VII-18-120-7-105-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.