XALQ DEPUTATLARI SAMARQAND TUMANI KENGASHINING
Qarori
Samarqand tumani boʻyicha 2025-2026-yillar nosugʻorish mavsumi uchun suv istemolchilariga oʻrnatiladigan cheklangan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Samarqand tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 3-oktabrdagi 184-sonli xati, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Samarqand tuman deputatlik guruhining 2025 yil 18-oktabrdagi 8-sonli bayonnomasi inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn uchinchi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Samarqand tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A.Rasulovning Samarqand tumani boʻyicha 2025-2026-yillar nosugʻorish mavsumining novegetatsiya davrida isteʼmolchilar kesimida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Samarqand tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori A.Rasulovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan miqdor (limit) asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, va ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M.Sultonov) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Sh.Xasanov) zimmasiga yuklansin..
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi DAVRONOV ZOKIR KARIMOVICH
Samarqand viloyati, Samarqand tumani,
2025-yil 7-noyabr,
VII-13-80-7-103-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.