26.11.2025 yildagi VII-16-139-7-96-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KATTAQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi mavjud ayrim koʻchalarni nomlash va qayta nomlashning qonun talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 03-08-12099-sonli xati orqali geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida ekspert xulosasi, yigʻilish bayoni hamda geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining hisobotini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani Kengashi yettinchi chaqiriq oʻn oltinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 03-08-12099-sonli xati hamda ekspert xulosasiga asosan tumandagi ayrim koʻcha nomlarining qonun talablariga muvofiqlashtirilganligi, mazkur qarorning loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (https://regulation.gov.uz/oz/d/110258) muhokamada turganligi hamda Kattaqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan tuman adliya boʻlimining 2025-yil 25-noyabrdagi 10-sonli huquqiy xulosasida ijobiy baholanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq deb topilgan koʻcha nomlari ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (Gʻ.Toʻychiyev), tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (B.Normurodov), tuman “Yoʻllardan foydalanish” DM korxonasi (X.Isoqov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-bir oy muddatda tuman mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi koʻcha nomlari ushbu qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlangan roʻyxat asosida nomlarni qaytadan oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
-olib borilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatda xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalari muhokamasiga kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi J.Sarmanov, Kadastrlar palatasi tuman filiali (F.Ibragimov)ga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining ekspertiza komissiyasi tomonidan nomuvofiq va takror koʻcha nomlari muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Kattaqoʻrgʻon kecha va bugun” gazetasi tahririyati, tuman hokimligi axborot xizmati (J.Safarov) ushbu qarorning belgilangan tartibda eʼlon qilinishini ham da tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Xudayberdiyev), tuman hokimi oʻrinbosari M.Rasulov va mutasaddi tashkilotlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi NASRIDDINOV JAMSHID TULKINOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-139-7-96-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.