XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining 2025-yil 30-avgustdagi “Kogon shahar mahalliy byudjetining 2025-yil parametrlarining daromadlari va xarajatlariga oʻzgaritirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi VII-15-114-2-208-K/25-sonli qarorini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 148-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazining 2025-yil 12-sentabrdagi 22-06/3881-sonli xati hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazining 2025-yil 12-sentabrdagi 22-06/3881-sonli xati maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Kogon shahar mahalliy byudjetining 2025-yil parametrlarining prognoziga kiritilgan oʻzgartirishlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Kogon shahar mahalliy budjetidan hududiy budjet mablagʻlari taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlariga kiritilgan oʻzgartirishlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi J.Doʻstov zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi M. TOʻRABOYEV
Buxoro viloyati, Kogon shahar,
2025-yil 29-dekabr,
VII-20-158-2-208-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.