29.12.2025 yildagi III-18-135-14-199-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirobod tumanida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari haqidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi 03/41-4-28285-son xati asosida, “Mirobod tumanida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi Mirobod tuman Soliq inspeksiyasining takliflari asosida xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-dekabrdagi 03/41-4-28285-sonli xatida berilgan “suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar toʻgʻrisida”gi takliflari inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mirobod tuman Soliq inspeksiyasining 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar yuzasidan kiritgan taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mirobod tuman Soliq inspeksiyasi hamda Kengash deputatlari va doimiy komissiyalari tomonidan bildirilgan takliflar asosida tayyorlangan “Mirobod tumanida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Kengash qarori “regulation.gov.uz” saytida ID-111080-raqami bilan 15 kun muddatga jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mirobod tumanida 2026-yilda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalari qonunchilikda belgilangan miqdorlarda, quyidagicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mirobod tumani soliq inspeksiyasi (X. Inomov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar toʼgʼrisidagi qaror ijrosini sifatli darajada taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirobod tuman soliq inspeksiyasi budjet daromadlari koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlash, soliq bazasini kengaytirish hamda tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashiga har chorak yakuni boʻyicha maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mirobod tuman hokimligi va tuman soliq inspeksiyasi tomonidan mazkur qarorning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror 2026-yilning 1-yanvar sanasidan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror ijrosi yuzasidan, tuman soliq inspeksiyasi hamda jismoniy yoki yuridik shaxslar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar oʻrnatilgan tartibda sud orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Mirobod tumanida 2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga va noruda qurilish materiallari uchun belgilangan qatʼiy stavkalariga qoʻllaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar toʻgʻrisida”gi III-4-029-14-199-K/24-sonli qarori 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish, xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Mamanazarov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi A. SAYFUTDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-18-135-14-199-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.