XALQ DEPUTATLARI UCHQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Qarori
Uchqoʻrgʻon tumani boʻyicha 2026-yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun turar va noturar joylar boʻyicha mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash haqida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining “2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-659-son Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi "Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PF-6121-sonli farmoniga koʻra, 2021-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartibni joriy etishga rozilik berilganligi:
tuman xalq deputatlari Kengashlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan belgilanadigan soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, yer soligʻi stavkasiga 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda yer soligʻi stavkalarini belgilash;
tuman xalq deputatlari Kengashlariga viloyat xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun ularning hududlarida joylashganda daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilganligi;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2025-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi;
2024-yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi summasi 2026-yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining "2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekistan Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekistan Respublikasiga ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonunining 2-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan:
Uchqoʻrgʻon tumanida noturar joylar uchun yer soligʻi qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkasi 1 kvadrat metr uchun mutlaq oʻlchamda 5 180 (besh ming bir yuz sakson) soʻm;
3. Uchqoʻrgʻon tumanida turar joylar yer soligʻi (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno) Uchqoʻrgʻon tumanida bazaviy soliq stavkasi 1 kv.m. uchun mutlaq oʻlchamda 463,0 (toʻrt yuz oltmish uch) soʻmda belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-sentyabrdagi “Soliq majburiyatini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora–tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6307-sonli farmoniga asosan turar va noturar joylar uchun 2026-yil yer soligʻi stavkalarini belgilasin.
5. Hududlarning iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga qarab, soliq yukini kelgusi yilda keskin ortib ketishini oldini olish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun Soliq kodeksida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan turar va noturar joylar uchun kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga muvofiq;
2026-yil uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 2026-yil uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq;
noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qatʼiy stavkalariga 2026-yil uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Tuman xalq deputatlari Kengashi mazkur qarorning 1-ilovasida belgilangan yer soligʻi stavkalariga nisbatan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, oʻzlarining hududlarida joylashganda daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 1,3 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqiga egadirlar. Bunda, keyingi yil uchun belgilangan mahalliy budjet prognozi doirasidan kelib chiqqan holda oshiruvchi yoki kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllash, mahalliy budjet daromadlarini oshirish maqsadida faqatgina oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllamaslik belgilab qoʻyilsin.
7. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (Y. Xalilov) 2026-yil uchun ishlab chiqilgan resurs soliqlarini yanada takomillashtirish boʻyicha soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari asosida ish tashkil etsin.
8. Tuman moliya boʻlimi (Y. Xalilov), tuman soliq inspeksiyasi (Sh. Mamajonov), "Yorqin hayot" gazetasi tahririyati (S. Najmiddinova) bilan birgalikda ushbu qarorning 1, 2 va 3-ilovalariga muvofiq soliq stavkalari, soliqqa solish tartib-taomillari hamda boshqa masalaga oid maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
9. Mazkur qaror "Yorqin hayot" gazetasida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
10.Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari X. Nosirov hamda bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi raisi A. Irgashev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi D. MIRXANOV
Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-14-104-6-87-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.