26.11.2025 yildagi VII-16-141-7-96-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI KATTAQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-031-7-96-K/24-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 147-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarori ijrosini taʼminlash, Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (M.Obbozov)ning 2025-yil 5-noyabrdagi 02/02-38-824-sonli xatiga asosan xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi VII-2-031-7-96-K/24-sonli qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi taklifini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani Kengashi yettinchi chaqiriq oʻn oltinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi (M.Obbozov)ning 2025-yil 5-noyabrdagi 02/02-38-824-sonli xati, hamda mazkur qarorning loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (https://regulation.gov.uz/oz/d/110258) 2025-yil 6-21-noyabr kunigacha muhokamada turganligi hamda Kattaqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan tuman adliya boʻlimining 2025-yil 25-noyabrdagi 11-sonli huquqiy xulosasida ijobiy baholanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagidalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani Kengashi 2024-yil 27-dekabr “Kattaqoʻrgʻon tumanining 2025 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-2-031-7-96-K/24-sonli qarorining 1-ilovasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrda “Kattaqoʻrgʻon tumanining 2025 yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-2-031-7-96-K/24-sonli qarorining 2-ilovasi 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kattaqoʻrgʻon tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (M.Obbozov) tuman mahalliy budjetining 2025-yilgi daromadlar va xarajatlar rejalariga tegishli oʻzgartirish kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Xudoyberdiyev) va tuman hokimining birinchi oʻrinbosari-Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi M.Zavqiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi NASRIDDINOV JAMSHID TULKINOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-141-7-96-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.