XALQ DEPUTATLARI OQQOʼRGʼON TUMANI KENGASHINING
qarori
Oqqoʻrgʻon tumani boʻyicha 2025-2026-yillar nosugʻorish (novegetatsiya) davri ajratilgan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarorining 7-qismi “a” bandiga muvofiq:
2024-yildan boshlab:
Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 25-martga qadar vegetatsiya davri uchun va 25-sentabrga qadar kuz-qish davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda hududlar kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sug'orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritadi;
isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanadi deb belgilanganligini hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6, 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Oqqoʻrgʻon tumani Kengashi, qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan, qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 soʻm etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. “Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Oqqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil novegetatsiya davri uchun tuman chegarasidan 41.43 mln m3 olinadigan suv olish limitlarini, kanallardagi suv yoʻqotishlarini inobatga olgan holda suv olish limitlari isteʼmolchilar kesimida ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. “Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Oqqoʻrgʻon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshligʻi (E. Tagayev) amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib borishi belgilansin.
5. Tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv isteʼmolchilariga isteʼmol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv soligʻi bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
6. Tuman hokimligi Matbuot kotibi, Axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi (B. Boyboʻtayev) mazkur qaror tasdiqlangan Kundan tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga va tuman “Oqqoʻrgʻon ovozi” Gazeta tahririyati (A. Maʼdiyev) tumanning mahalliy gazetasida eʼlon qilinishini nazoratga olsin.
Kengash raisi T. BOBOLOV
Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 12-dekabr,
VII-24-121-10-133-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.