XALQ DEPUTATLARI TOʻRTKOʻL TUMANI KENGASHINING
qarori
Xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashining 2025-yil 31-oktabr kungi “Toʻrtkoʻl tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida”gi VII-16-123-13-190-K/25-sonli qarori ilovalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-bobi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnatbozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan 2026-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2025-yil 23-oktabr kungi 02-09/3951-sonli xatiga asosan xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani kengashining 2025-yil 31-oktabr kungi VII-16-123-13-190-K/25-sonli qarori ilovalariga quyidagi tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2025-yil 23-oktabr kungi 02-09/3951-sonli xatiga asosan xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashining 2025-yil 31-oktabr kungi VII-16-123-13-190-K/25-sonli qarori ilovalariga quyidagi tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) qarorning 1-ilovasi 4-bandidagi “Toʻrtkoʻl Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi” davlat muassasasi olib tashlanib, uning oʻrniga “Toʻrtkoʻl tumani 73-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi” davlat muassasasi kiritiladi va 2 ta ish oʻrni “kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari” ustunida oʻzgarishsiz qoldiriladi;
b) qarorning 1-ilovasi 6-bandi “kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari” ustunidagi 2 ta ish oʻrni olinib, yangi 27-band qoʻshiladi va unda “Toʻrtkoʻl tumani 77-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi” davlat muassasasiga ushbu yoʻnalishda “kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari” ustuniga 2 ta ish oʻrni zaxiralash uchun kiritiladi;
d) qarorning 2-ilovasi 2-bandidagi “Turtkul silkworm pro” masʼuliyati cheklangan jamiyati olib tashlanib, uning oʻrniga “Toʻrtkoʻl shoxboz-trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati kiritiladi;
ushbu banddagi “kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari” ustunidagi 7 ta ish oʻrni 2 taga oʻzgartiriladi va boshqa ustunlar oʻzgarishsiz qoldirilgan holda “Toʻrtkoʻl shoxboz-trans” masʼuliyati cheklangan jamiyati uchun jami 5 ta ish oʻrni zaxiralanadi;
e) qarorning 2-ilovasi 2-bandidagi “kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari” ustunidagi 5 ta ish oʻrni olinib, yangi 5-band qoʻshiladi va unda “Ma turtkul stroy” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga ushbu yoʻnalishda “kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarning aʼzolari” ustuniga 5 ta ish oʻrni zaxiralash uchun kiritiladi.
3. Xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashining yuqorida koʻrsatilgan qarori, 1 va 2-ilovasi qolgan bandlari oʻzgarishsiz oʻz kuchida qoldirilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi B. MASHARIPOV
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toʻrtkoʻl tumani,
2025-yil 15-dekabr,
VII-18-148-13-190-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.