QASHQADARYO VILOYATI MIRISHKOR TUMANI HOKIMINING
QARORI
Mirishkor tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 39-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevral kunidagi 7-sonli bayoni 14-bandi ijrosini taʼminlash hamda tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. Mirishkor tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Tuman hokimi oʻrinbosari (U. Choʻliyev), tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (T. Jalilov), tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
3. Tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblansin.
4. Mazkur qaror “Mirishkor mashʼali” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Tuman hokimining 2025-yil 6-avgust kunidagi 187-4-63-Q/25-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari U. Choʻliyev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi F. G`ULOMOV
Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani,
2025-yil 17-dekabr,
277-4-63-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.