XALQ DEPUTATLARI TAXIATOSH TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 2025-yil 3-iyun kungi “Taxiatosh tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-9-61-13-215-K/25-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-noyabr kungi “2025-yil sugʻorish davri uchun ajratilgan limitlarni qayta tasdiqlash hamda vazirlikning 2025-yil 25-martdagi 67-sonli buyrugʻiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 216-sonli buyrugʻini inobatga olib,Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligining 2025-yil 5-noyabr kungi “2025-yil sugʻorish davri uchun ajratilgan limitlarni qayta tasdiqlash hamda vazirlikning 2025-yil 25-martdagi 67-sonli buyrugʻiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 216-sonli buyrugʻini taʼminlash toʻgʻrisidagi Taxiatosh tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 2025-yil 3-iyun kungi “Taxiatosh tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-9-61-13-215-K/25-sonli qarori ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Taxiatosh tumanidagi fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilariga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Sessiya raisi MADAMINOV ALISHER ABDULLAYEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxiatosh tumani,
2025-yil 1-dekabr,
VII-15-107-13-215-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.