XALQ DEPUTATLARI TAXIATOSH TUMANI KENGASHINING
QARORI
Taxiatosh tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 12-may kungi 237-13-0-Q/25-sonli qarorlariga asosan “Taxiatosh tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun hududlar bo'yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlarni tasdiqlash to`g`risida”gi Taxiatosh tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining hisibotini tinglab va muhokama etib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Taxiatosh tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun hududlar bo'yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlarni tasdiqlash to`g`risidagi Taxiatosh tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktorining hisiboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Taxiatosh tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumi uchun hududlar bo'yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlari ilovaga asosan tasdiqlansin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklansin.
Sessiya raisi MADAMINOV ALISHER ABDULLAYEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Taxiatosh tumani,
2025-yil 3-iyun,
VII-9-61-13-215-K/25-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq deputatlari Taxiatosh tumani kengashining 2025-yil 1-dekabrdagi VII-15-107-13-215-K/25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)