XALQ DEPUTATLARI BERUNIY TUMANI KENGASHINING
Qarori
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 2025-yil 2-maydagi VII-10-44-13-182-K/25-sonli qarorining ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Beruniy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J. Yeshanovning 2025-yil 7-noyabrdagi 01/09-515-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-,24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Beruniy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J. Yeshanovning 2025-yil 7-noyabrdagi 01/09-515-sonli xati inobatga olinsin.
2. Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining 2025-yil 2-maydagi VII-10-44-13-182-K/25-sonli qarorining “Beruniy tumani fermerlar xoʻjaliklarda 2025-yilning sugʻorish mavsumiga ajratilgan cheklangan suv miqdori” nomli ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
4. Mazkur qaror Xalq minbari gazetasida, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi XIDIROV IKRAM TOREBAYEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani,
2025-yil 29-noyabr,
VII-17-108-13-182-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.