XALQ DEPUTATLARI BERUNIY TUMANI KENGASHINING
QARORI
Beruniy tumanida tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilgan yakuniy isteʼmolchilar kesimida sugʻorish mavsumi uchun suv olish limitlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Beruniy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J.Eshanovning 2025-yil 26-mart kungi 01-07/90-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6, 24-moddalariga asoslanib Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Beruniy tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J. Eshanovning 2025-yil 26-mart kungi 01-07/90-sonli xati inobatga olinsin.
2. Beruniy tumanida 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun isteʼmolchilarning suv olish limitlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Beruniy tumani Qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbari R.Abduraimov hamda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J.Yeshanov bilan birgalikda:
- qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun isteʼmolchilar kesimidagi suv olish limitlarini “Suv hisobi” axborot tizimiga kiritib borish vazifasi topshirilsin.
4. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (J.Yeshanov)ga:
belgilangan suv limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobot berib borish vazifalari topshirilsin.
5. Mazkur qaror ijrosining nazorati Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi «Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha» doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi XIDIROV IKRAM TOREBAYEVICH
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumani,
2025-yil 2-may,
VII-10-44-13-182-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.