OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QASHQADARYO VILOYATI HOKIMINING
QARORI
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Yakkabogʻ meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlari joylashgan yer maydonlarini yoʻqlamadan oʻtkazish va sohil boʻyi mintaqasidagi suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari mintaqasidagi yerlarni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi 981-son qarori hamda viloyat hokimining 2022-yil 6-martdagi 8-4-0-F/22-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Yakkabogʻ meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlari egallagan yerlari va suv obyektlarining qirgʻoqlari mintaqasidagi yerlar doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish ishlarini koʻrib chiqish komissiyasining dalolatnomalarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 10-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Yakkabogʻ meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlari yer maydonlarini yoʻqlamadan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Yakkabogʻ meliorativ uchastkasiga qarashli Yakkabogʻ, tumani hududlarida joylashgan “Chaydari-2”, “Chaydari-2-2”, “Chaydari-2-3”, “Choydari-3”, “Chaydari-4”, “Chaydari-4-1”, “Chaydari-6”, “Aygʻirkoʻl-1”, “Aygʻirko'l-2”, “Aygʻirkoʻl-2-1”, “Aygʻirkoʻl-4”, “Aygʻirkoʻl-4-1”, “Madaniyat-1”, “Madaniyat-2”, “Gʻozliq-4”, “Gʻozliq-4-1”, “Gʻozliq-5”, “D-2 Gʻozliq”, “Gʻozliq-2-3”, “Anbartepa-1”, “Anbartepa-2”, “Tinchlik-3”, “Tinchlik-1”, “Qoʻshilish”, “Gʻozliq-7”, “Gʻozliq-8”, “Gʻozliq-1-1”, “Madaniyat-3”, “Aygʻirkoʻl-1-1a”, “Chaydari-2-1”, “Chaydari-2-1-1”, “Choydari-7”, “Gʻozliq-1-1-1”, “Qoʻtontepa-3”, “Qoʻtontepa-3-1”, “Kattabogʻ-1”, “Kattabogʻ-2”, “Kattabogʻ-3",“Qoʻtonsoy”, “Qoʻtonsoy-1”, “Sarisuv-5”, “Sarisuv-5-1”, “Sarisuv-5-2”, “Sarisuv-7”, “Sarisuv-7-1”, “Sarisuv-9”, “Sarisuv-10”, “ Sarisuv-12”, “Sarisuv-13а”, Sarisuv-14” “Sarisuv-14-1”, “D-5-7”,“Sarisuv”, “S-D-1 Sarisuv”, “Shamshar-1”, “Shamshar-2”, “Shamshar-3”, “Shamshar-4”, “Shamshar-5”, “Shamshar-6”, “Shamshar-7”, “Yakkatut”, “Xoʻjailgʻor-1”, “Aygʻirko'l-5”, “Gʻozliq-1-4”, “Sarisuv-15”, “Sarisuv”, “Qizilbuloq”, “Qizilbuloq-1”, “Javogʻi”, “Javogʻi-1”, “Sarisuv-2”, “Sarisuv-3”, Sarisuv-4”, “Sarisuv-4-1”, “Sarisuv-6”, “Sarisuv-8”, “Sarisuv-8-1”,“ D-5a Sarisuv”, “D-5b Sarisuv”, “D-5-2 Sarisuv”, “D-5-3 Sarisuv”, “D-5-6 Sarisuv”, “D-1 Qorasuv”, “D-2 Qorasuv”, “D-3 Qorasuv”, “Tezob”, “Tezob-1” , “Tezob-2”, “Tezob-3”, “Gʻozliq-2-1”, “Gʻozliq-2-2”, “D-5-1-1 Sarisuv”, “Sarisuv-2-1”,“Chukon”, “Qamishpita”, “Qoravoyli”, “Qoravoyli-1”, “Boʻrixona”, “Bozorkoʻl”, “Chimchiqli”, “Satimsoy”, “Chagʻatoy”, “Turon”, “Kultepa-6”, “Kultepa-5”, “Kultepa-5-1”, “Kultepa-5-2”, “Kultepa-8”, “Kultepa-11”, “Ulamji”, “Tinchlik-2”,“ Urugʻlisoy”, “Isat-6”, “Isat-8” “Isat-8-1”, “Kattakoʻl-1”, “Kattakoʻl-1-2”, “Kattakoʻl-1-4”, “Kattakoʻl-2”, “Duyul-6”, “Duyul-6-1”, “Duyul-7”, “Duyul-9”, “Oʻgʻrisoy-1”, “Kultepa-8-1”, “Gʻurjob-1”, “Gʻurjob-2”, “Gʻurjob-3”, “Gʻurjob-4”, “Gʻurjob-5”, “Gʻurjob-6”, “1-GD”, “2-GD”, “3-GD”, “Navroʻz-1”, “Hisor-1”, “Hisor-1-8”, “Ichaksoy”, “BR”, “Tulkitepa”, “Shodlik”, “Aygʻirkoʻl-6”, “Zarbdor-1”, “Zarbdor-2”, “Zarbdor-2-1”, “Zarbdor-2-2”, “Zarbdor-3”, “Zarbdor-4”, “Zarbdor-4-1”, “Zarbdor-4-2”, “Zarbdor-9”, “Zarbdor-5”, “Zarbdor-5-1”, “Zarbdor-6”, “Zarbdor-6-1”, “Zarbdor-7”, “Qayerma-1”, “Qayerma-2”, “Qayerma-3”, “Qayerma-3-1”, “Yetimsoy”, “Yetimsoy-1”, “Qorabogʻ”, “Kultepa-2a”, “ Uzun-1”, “Uzun-1-1”, “Uzun-2”, “Urugʻlisoy-2”, “Urugʻlisoy-2-1”, “Kultepa-7”, “Kultepa-9”, “Qayerma-3-2”, “Zarbdor-1a”, “Choydari-1”, “Choydari-1-1”, “Gʻozliq-3”, “Gʻozliq-1”, “Gʻozliq-a”, “Zarafshon-1”, “Yomonsaroy”, “Yomonsaroy-1”, “Qozayoqli-1”, “Qozayoqli-2”, “Gʻishattepa”, “Gʻishattepa-1”, “Gʻishattepa-2”, “Gʻishattepa-3”, “Toʻqboy”, “Toʻqboy-2”, “Toʻqboy-1”, “Qayqi-1”, “Qayqi-1-1”, “ Qayqi-1-2”, “Qayqi-1-3”, “Qayqi-1-4”, “Qayqi-2”, “Qayqi-2-1”, “Qayqi-2-2”, “Qayqi-2-3”, “Qayqi-2-4”, “Bolgʻali”, “ Isat-1”, “Isat-1-1”, “Isat-1-2”, “Isat-2”, “Isat-2-1”, “Ayrodrom”, “Isat-2-2”, “Isat-3”, “Isat-5”, “Isat-7”, “Isat-9”, “Isat-11”, “Isat-18”, “Isat-2-1-1”, “Isat-2-1-2”, “Isat-2-3”, “Isat-2-4”, “Jar”, “Jar-1”, “Surnay-1”, “Surnay-2”, “Chimqoʻrgʻon”, “Chimqoʻrgʻon-1”, “Boʻrijar”, “Boʻrijar-1”, “Lolazor”, “Lolazor-1”, “Ayrodrom-1”, “Ayrodrom-2”, “Paxtakor-1”, “Paxtakor-2”, “Qayqi-3”, “Surnay-3”, “Xonimqoʻrgʻon-1”, “Toʻqboy-3”, “Kuchaktepa-1”, “Kuchaktepa-2”, “Urugʻlisoy-1”, “Urugʻlisoy-6”, “Duyul-2”, “Duyul-4”, “Duyul-5”, “Xonimqoʻrgon-2”, “Xonimqoʻrgon-3”, “Xonimqoʻrgon-4”, “Xonimqoʻrgon-6”, “Xonimqoʻrgon-6-1”, “Isat-4”, “ Isat-12”, “Isat-13”, “Isat-15”, “Isat-15-1”, “Isat-17”, “Turkman-1”, “Yangiobod”, “Badaxshon-1”, “Badaxshon-2”, “Qoramurcha-1”, “Qoramurcha-3”, “Qoramurcha-5”, “Qoramurcha-9”, “Kaltepa”, “4-GD”, “Kultepa-1”, “Kultepa-2”, “Kultepa-3”, “Kultepa-4”, “Zarafshon-1-1”, “Zarafshon-2”, “Galamulla-1”, “Galamulla-2”, “Urugʻlisoy-4”, “D-4 Jiyda”, “D-1 Jiyda”, “D-3 Jiyda”, “Galamulla-3” va “Tinchlik-5” kollektor tarmoqlarining egallagan yerlari va suv obyektlarining qirgʻoqlari mintaqadasigi yerlar 1-2-3-4-5-ilovalariga muvofiq Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Yakkabogʻ meliorativ uchastkasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilsin.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi 981-son qarordagi Nizom talablariga asosan quyidagi taqiqlanishlar belgilansin:
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda suv xoʻjaligi organlari, shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar roziligisiz hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ruxsatisiz qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish (yosh daraxt qatorlari orasiga ekilgan vaqtinchalik ekinlar bundan mustasno);
organik va mineral oʻgʻitlarni saqlash va qoʻllash;
chorva mollarini boqish va ularni saqlash joylarini tashkil etish;
har qanday turdagi doimiy va vaqtinchalik bino va inshootlar, shu jumladan molxona, oʻtinxona, hojatxona va boshqalarni qurish (suv xoʻjaligi inshootlarini qurish bundan mustasno);
mineral oʻgʻitlarni transportda tashish va sepishda qoʻllanilgan idishlar, mashina va asbob-uskunalarni tozalash va yuvish
jun, kanop va teri yuvish.
4. Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Yakkabogʻ meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlari joylashgan yer maydonlaridan belgilangan maqsadda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish yuklatilsin.
5. Davlat Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi (Gʻ.Hamroyev)ga mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan kollektorlar joylashgan yer maydonlari boʻyicha yer hisobotiga tegishli oʻzgartirish kiritish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
6. Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi (A. Navroʻzov), sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi (T. Rasulov) tomonidan Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Yakkabogʻ meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlarining sohil boʻyi mintaqasini nazoratini yanada kuchaytirilishi soʻralsin.
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5-moddasiga asosan ushbu qaror mazkur masala boʻyicha yakuniy hisoblanib, ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi U. Uzakov zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi M. AZIMOV
Qashqadaryo viloyati,
2025-yil 4-dekabr,
609-4-0-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.