04.12.2025 yildagi 611-4-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QASHQADARYO VILOYATI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Koʻkdala meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlari joylashgan yer maydonlarini yoʻqlamadan oʻtkazish va sohil boʻyi mintaqasidagi suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirgʻoqlari mintaqasidagi yerlarni doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi 981-son qarori hamda viloyat hokimining 2022-yil 6-martdagi 8-4-0-F/22-son farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Koʻkdala meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlari egallagan yerlari va suv obyektlarining qirgʻoqlari mintaqasidagi yerlar doimiy foydalanish huquqi bilan ajratish ishlarini koʻrib chiqish komissiyasining dalolatnomalarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 10-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Koʻkdala meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlari yer maydonlarini yoʻqlamadan oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Koʻkdala meliorativ uchastkasiga qarashli Koʻkdala tumani hududlarida joylashgan “K-4-1”, “K-4-1-1”, “K-4-1-2”, “K-4-2”, “K-4-3”, “K-4-4”, “K-4-5”, “K-4-6”, “Moylijar”, “D-1”, “D-4”, “D-5”, “D-6”, “Kattasoy-2” va “Chiyali uymovut” kollektor tarmoqlarining egallagan yerlari va suv obyektlarining qirgʻoqlari mintaqadasigi yerlar 1-2-3-ilovalariga muvofiq Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Koʻkdala meliorativ uchastkasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 981-son qarordagi Nizom talablariga asosan quyidagi taqiqlanishlar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda suv xoʻjaligi organlari, shuningdek, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar roziligisiz hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ruxsatisiz qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish (yosh daraxt qatorlari orasiga ekilgan vaqtinchalik ekinlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organik va mineral oʻgʻitlarni saqlash va qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollarini boqish va ularni saqlash joylarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday turdagi doimiy va vaqtinchalik bino va inshootlar, shu jumladan molxona, oʻtinxona, hojatxona va boshqalarni qurish (suv xoʻjaligi inshootlarini qurish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral oʻgʻitlarni transportda tashish va sepishda qoʻllanilgan idishlar, mashina va asbob-uskunalarni tozalash va yuvish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jun, kanop va teri yuvish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Koʻkdala meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlari joylashgan yer maydonlaridan belgilangan maqsadda, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat Kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi (Gʻ. Hamroyev)ga mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatib oʻtilgan kollektorlar joylashgan yer maydonlari boʻyicha yer hisobotiga tegishli oʻzgartirish kiritish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi (A. Navroʻzov), sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasi (T. Rasulov) tomonidan Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiyasi Koʻkdala meliorativ uchastkasiga qarashli kollektor tarmoqlarining sohil boʻyi mintaqasini nazoratini yanada kuchaytirilishi soʻralsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 5-moddasiga asosan ushbu qaror mazkur masala boʻyicha yakuniy hisoblanib, ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi U.Uzakov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimi M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
611-4-0-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.