XALQ DEPUTATLARI QUVASOY SHAHAR KENGASHINING
Qarori
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Quvasoy shahridagi 2 ta geografik obyektlarni (mahalla fuqarolar yigʻini, koʻcha) qayta nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qaroriga, Pakana, Qoʻchqorchi MFY fuqarolarining iltimosnomalari, vakillik Kengashlarining 2025-yil 19-sentabr kungi yigʻilish bayonlari, Quvasoy shahar hokimligi huzuridagi Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining joriy yil 26-sentabr kuni 01-05/61-sonli yigʻilish bayoni boʻyicha taklif tayyorlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika toponimika xizmatiga viloyat hokimining 06-7/10212-sonli aloqa xati bilan “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi haqida” ekspert xulosasini olish uchun yuborildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasi tomonidan olib borilgan oʻrganish natijasiga koʻra, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqib, 2025-yil 15-oktabr kungi 03-08-11723-sonli aloqa xati, 2025-yil 10-oktabr kungi 05-19-17681-sonli yigʻilish bayoni hamda ekspert xulosasiga asosan 2 ta geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha bergan takliflaridan barchasi qonun hujjatlari talablariga “muvofiq” deb topilib, belgilangan tartibda ijobiy xulosalar olindi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi ekspert komissiyasining 2025-yil 15-oktabr kungi 03-08-11723-sonli aloqa xati, 2025-yil 10-oktabr kungi 05-19-17681-sonli yigʻilish bayoni, ekspert xulosasi hamda davlat tilini rivojlantirish boʻyicha shaharhokimining maslahatchisi X.Xoʻjanazarovning “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qaroriga muvofiq, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha shahar komissiyasining amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mazkur masala Xalq deputatlari shahar Kengashining “Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilganligi va doimiy komissiya majlisida muhokama qilinib, shahar Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritish toʻgʻrisidagi qarori asos uchun qabul qilinsin.
3. Quvasoy shahar komissiyasi tomonidan geografik obyektlarni qayta nomlash boʻyicha taqdim etilgan hamda qonun talablariga muvofiq deb topilgan geografik obyekt (koʻcha) nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestri bazasiga kiritilsin.
4. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati (A.Nishonboyev), “Isfayram” gazetasi bosh muharriri (Oʻ.Karimova) ushbu qarorni keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
5. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qaror bajarilishiga shahar hokimining oʻrinbosari (A.Mamajonov), Kadastrlar palatasi Quvasoy shahar filiali rahbari (B.Bozorboyev) shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
7. Ushbu qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyalari hamda Davlat tilini rivojlantirish boʻyicha Quvasoy shahar hokimining maslahatchisi (X.Xoʻjanazarov) zimmasiga yuklansin.
8. Mazkur qaror imzolangan kundan kuchga kiritilsin.
9. Imzolangan qarordan bir nusxasi, xisobot (axborot) beruvchi tashkilotning yuqori turuvchi rahbariyati (vazirligi)ga yuborilsin.
Sessiya raisi MEXMONOV MOʻYSINJON DADAJONOVICH
Fargʻona viloyati, Quvasoy shahar,
2025-yil 5-dekabr,
VII-13-83-11-167-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.