30.12.2025 yildagi VII-16-128-6-83-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI NORIN TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norin tumani boʻyicha 2026 yil uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-Farmoni ijrosiga muvofiq viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi va viloyat soliq boshqarmasining “qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” loyihasi boʻyicha kiritgan takliflari muhokama etib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3 dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-Farmoniga muvofiq quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer soligʻining amaldagi soliq stavkalari 2026 yilda 1,12 baravarga indeksatsiya qilinishi kutilayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi boʻyicha Namangan viloyati uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha turar joyning 1 kv.m uchun 463,00 (toʼrt yuz oltmish uch) soʻm va noturar joyning 1 kv.m uchun 5.180,00 (besh ming bir yuz sakson) soʻm bazaviy soliq stavkasi belgilangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yil bazaviy soliq stavkasiga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllashda keyingi yil mahalliy byudjet daromadlari prognozidan kelib chiqish boʻyicha tavsiyalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy va yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar” miqdorlarini belgilash boʻyicha tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining hamda tuman soliq inspeksiyasining qoʻshma taklifi maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norin tuman hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun jismoniy shaxslar boʻyicha turar joy uchun mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norin tuman hududida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha noturar joy uchun mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar miqdorlari 2-ilovaga muvofiq,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tuman Soliq inspeksiyasiga jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi (yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari) summasi 2025 yil uchun hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman Kengashiga xalq deputati viloyat Kengashi tomonidan belgilangan yer soligʻi stavkalariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun, ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kiritish huquqi berilganligi alohida koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi (Gʻ. Primqulov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (E. Karimov), tuman Soliq inspeksiyasi (D. Tursunov) 3 kun muddatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasi boʻyicha xududlar boʻyicha aniqlik kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman xalq deputatlari Kengashi 1 hafta muddatda ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga asosan belgilangan soliq stavkalariga hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, koʻcha kesimida 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllash boʻyicha muhokamalar oʻtkazib, 2026-yilning 5 yanvariga qadar muhokamalar yakuni boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalarni tuman Soliq inspeksiyasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman xalq deputatlari Kengashi ushbu qarorning 1 va 2-ilovalariga asosan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni kelgusi yil uchun mahalliy byudjet daromadlari prognozidan hamda mamlakatimizda iqtisodiy faollikning tiklanganligi hamda aholi va tadbirkorlarning daromadlari barqarorlashganligidan kelib chiqqan holda qoʻllashlari tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman Soliq inspeksiyasi (D. Tursunov) yer soligʻi boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalarini 2026 yil 10 yanvarga qadar barcha soliq toʻlovchilarga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Soliq inspeksiyasi (D. Tursunov) va tuman hokimligining axborot xizmati (N. Xasanov) bilan birgalikda ushbu qaror 1 va 2-ilovalariga muvofiq soliq stavkalari, soliq solish tartib-taomillari hamda boshqa masalaga oid maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror tuman “Norin ovozi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin, ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman soliq inspeksiyasi (D. Tursunov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarning toʻliq va toʻgʻri hisoblanishini hamda oʻz vaqtida byudjetga undirilishini nazoratga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli byudjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer soligʻining soliq bazasini oshirish, yaʼni xatlov ishlarini samarali tashkil yetib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Gʻ. Primqulov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi J. NURMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati, Norin tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-16-128-6-83-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.