XALQ DEPUTATLARI SHEROBOD TUMANI KENGASHINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori 7-bandining ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ijrosi yuzasidan Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari X. Raxmonovning hisoboti tinglanib, bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. “AMU-SURXON” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi B. Alimovning 2025-yil 26-sentyabrdagi № 03-19/1506-sonli, Sherobod tuman”Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori X. Raxmonovning 2025-yil 2-oktyabrdagi № 01/199-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Sherobod tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-aprelga qadar nosugʻorish ishlari uchun ajratilishi koʻzda tutilgan suv limiti 1, 2, 3, 4, 5, 6-ilovalarga muvofiq tarzda tasdiqlansin.
3. Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari (X. Raxmonov) ushbu suv limiti hajmi amaldagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgani, shuningdek, tuman Kengashiga taqdim etilgan hujjatlar haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar etib belgilansin.
4. Tuman hokimligi axborot xizmati (A. Toshtemirov) hamda “Sherobod hayoti” gazetasi tahririyati (P. Muhammadiyev)ga Sherobod tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-aprelga qadar nosugʻorish ishlari uchun ajratilishi koʻzda tutilgan suv limiti haqida ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (Q. Raxamov)ga, ijrosini taʼminlash esa Sherobod tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi rahbari (X. Raxmonov) zimmasiga yuklansin.
6. Ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Kengash raisi ALIMOV USMON IBROXIMOVICH
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
2025-yil 30-dekabr,
VII-18-171-8-119-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.